YOSHLARIMIZ NAZORAT BAHSIDA G‘ALABA QOZONDI

Yoshlarimiz nazorat uchrashuvida gʻalaba qozondi
Bugun "Neftchi" U-21 hamda "Namangan FA" yoshlar jamoalari o‘rtasida nazorat-o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shiddatli va qiziqarli kurashlarga boy o‘tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.Uchrashuvda hisob birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida ochildi.Bosh hakam tomonidan raqib darvozasi tomon belgilangan penaltini Omadillo Abdubannobov sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirib, farg‘onaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" murabbiylar shtabi tarkibda bir qator almashtirishlarni amalga oshirdi. Maydonga jamoa ko‘rigiga taklif etilgan yangi futbolchilar tushirildi va bu murabbiylarga yangi nomlarning imkoniyatlarini amalda sinovdan o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.O‘yinning 78-daqiqasida esa jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan o‘ta chiroyli gol guvohiga aylandik. Anvar Raxmatullayev raqib darvozasining yuqori burchagiga kuchli va aniq zarba yo‘llab, hisobni mustahkamladi.
Shu tariqa, uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. "Neftchi" yoshlar jamoasini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bahslarda omad tilab qolamiz.
NAZORAT UCHRASHUVI
20 iyun soat 18:00
Qirguli mavzesi, "Neftchi Arena" o‘yingohi
"Neftchi"U-21 2:0 "Namangan FA"
Gollar: Omadillo Abdubannobov, 44'pen(1:0), Anvar Rahmatullayev, 79'(2:0)
"Neftchi"U-21:1.Zikrillo Hotamjonov, 2.Elsevar Olimov(36.Javohir Mahmudov,46), 3.Muhammadsohib Tursunov(74.Mirjalol Abdurahimov,46), 77.Hasan Umirzaqov(43.Abdulaziz Abdujalilov,64), 80.Abdulvosit Qo‘ldoshev(46.Fayzullo Nurmuhammadov,46), 55.Asilbek To‘xtasinov, 8.Omadillo Abdubannobov(59.Shahriyor Xolmatjonov, 62), 14.Yahyobek Isaqov(10.Abror Shamsiddinov,64),, 59), 11.Mujohid Olimov(83.Sanjar Maxsudbekov,35), 90.Anvar Ahmadullayev, 92.Nasim Abdusamadov
Zaxira: 26.Farrux Yo‘ldashaliyev, 78.Husniddin Akbarov, 99.Muhammaddiyor Habibjonov
Murabbiy: Bahodir Shamsiddinov
"Neftchi" PFK matbuot xizmati