Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLAR JAMOAMIZDA JANGOVAR DURANG

3-may, 2025·2 min o'qish·4
084A7177

U-19 birinchiligining 3-turida FARDU va "Neftchi" qizg'in bahsga kirishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida ikkala tomon ham gol urish maqsadida ommaviy hujumkorlikni kuchaytirdi.18-daqiqaga kelib jarima maydonchasi yaqinidagi shiddatli olishuvlarda FARDU vakili raqibiga nisbatan qo'pol harakati uchun maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo'lib qolgan universitet jamoasi hujumkorlikni bo'shashtirmadi va kurash yanada jiddiy tus oldi.Murosasiz kechayotgan jangda 26-daqiqada navbatdagi chetlatish yuzaga keldi. Ikkala tomon vakillari ehtiroslarga berilib, qoidabuzarlikka yo'l qo'yishlari natijasida bosh hakam ikki o'yinchini ham maydondan chetlatishga majbur bo'ldi. Birinchi bo'lim oxirlayotgan pallada yoshlarimizning navbatdagi kombinasiyasi gol bilan yakunlandi. Jarima maydonchasi ichiga tepalatib uzatilgan to'pga baland sakragan Dilshod Sharafutdinov boshi bilan aniq zarba berib o'yindagi hisobni ochdi 0:1 va bu hisob bilan jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'li ham shiddatli tarzda kechdi. Mezbon jamoa sifatida harakatlanayotgan universitet jamoasi bir kishi kam bo'lib o'ynayotganliklariga qaramay darvozamiz tomon kuchli bosim o'tkazib, xavfli vaziyatlarni yaratishda davom etdilar va bu urinishlar 73-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Himoyachilarimizning qo'pol hatosi tufayli darvozamiz tomon belgilangan penaltini Sevinchbek Saidahmatov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi 1:1.Shundan so'ng yoshlarimiz o'yinida faollik sezilib, 81-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Javohir Mahmudov raqiblar posbonini dog'da qoldirib, yigitlarimizni yana oldinga olib chiqishga erishdi 1:2. Uchrashuvning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning 90+(1) daqiqasida esa himoyachilarimizning navbatdagi xatosi yana 11-metrli jarimaga olib keldi. Bundan unumli foydalangan Abdurashidjon Ahmadjonov o'yinda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib yoshlar o'rtasida kechgan murosasiz Farg'ona derbisida jangovar durang 2:2 natijasi qayd etildi. Navbatdagi uchrashuvlarda yoshlar jamoamizga g'ayrat-shijoat, kuch-iroda va omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz. O'zbekiston U19 birinchiligi 3-tur Fargʻona shahri 2.05.2025 yil soat 16:30 FarDU U19 2:2 "Neftchi U19" Gol: Sevinchbek Saidaxmatov pen 73' , Abdurashidjon Ahmadjonov pen 90+1' - Dilshod Sharofiddinov 45', Javohir Maxmudov 81' "Neftchi U19" : 61. Diyorbek Tolaboyev 57. Sanjar Maqsudbekov 64.Asadullo Adhamov 58. Elsevarbek Olimov 60. Nurmuhammad Abdug'aniyev 62.Mirjalol Anvarov 74.Yaxyo Isoqov 82.Muhammadqodir Rasuljonov 87.Muhammadali Nosirjonov 89. Abdulvosid Qo'ldashev 90 Dilshod Sharofuddinov Zaxiradagilar: 16.Husniddin Neʼmatov 59.Anvar Ahmadullayev 92.Abdulloh Alisherov 63.Nasim Abdusamatov 72. Anvar Abduxozirov 37.Javohir Mahmudov 49.Shahriyor Xolmatjonov 78.Oyatillo Ergashev 99.Salohiddin Muhammadno'monov Zaxiradan tushganlar: Anvar Ahmadullayev, Javohir Mahmudov, Salohiddin Muhammadno'monov Bosh murabbiy: Shuhrat Mirzayev

IMG_20250503_063331_790IMG_20250503_063334_452
Ulashish

O'xshash yangiliklar