YANGICHA O'YIN-YANGICHA G'ALABA!

"Neftchi"ning bu galgi o'rtoqlik uchrashuvi Tojikistonning Xatlon viloyatidan tashrif buyurgan "Hosilot" jamoasi bilan bo'ldi. Tojikiston Oliy ligasida to'p suradigan ushbu jamoa o'ziga ishongan jamoalardan biri. Maydon egalari yangi jamoa bilan yangicha o'ynash uchun uchrashuvning birinchi bo'limidayoq yoppasiga hujumga o'tdilar. Natijada Shohruz Norxonov 5-chi va 17-daqiqalarda mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.Ikkinchi davra arafasida klubga kelib qo'shilgan Quvondiq Ro'ziev esa 44-daqiqada hisobni oshirib, mehmonlarni yana dog'da qoldirdi 3:0. Ikkinchi bo'limda murabbiylar shtabi jamoa tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirdilar. Bu esa hujumkorlikni yanada kuchaytirish imkonini berdi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Sanjar Qodirqulov mehmonlar darvozasiga uzoq masofadan to'p kiritib, hisobni 4:0 ko'rinishiga olib chiqdi. Biroq, bunga mehmonlar 75-daqiqada Sheriddin Boboev tomonidan kiritilgan yagona gol bilan javob qaytardilar. 77-daqiqada esa jamoaga yangi qabul qilingan Azizbek Amonov hisobni 5:1 darajasiga yetkazib, uchrashuv yirik g'alaba bilan yakunlanishiga olib keldi. Jo'shqinlik va mahorat bilan harakat qilgan yigitlarimizga navbatdagi o'rtoqlik nazorat bellashuvida ham katta omad tilaymiz. NAZORAT UCHRASHUVI "Neftchi" 5 -1 "Hosilot" Farg'ona, Qirguli "Neftchi SK" st Gollar: Shohruz Norxonov 5 1:0, Shohruz Norxonov 17 2:0, Quvondiq Ro'ziev 44 3:0, Sanjar Qodirqulov 50 4:0, Sheriddin Boboyev 75 4:1, Aziz Amonov 77 5:1. "Neftchi" : 1-bo'lim 1.Botirali Ergashev 2.Zoir Jo'raboyev 4.Boyan Siger 20.ANvar G'ofurov (k) 70.Abbos G'ulomov 55.Manuchehr Safarov 11.Javohir Qahramonov 30.Quvondiq Ro'ziev 24.G'ulomhaydar Gulyamov 99.Effiong Nsugusi 10.Shoxruz Norxonov "Neftchi" : 2-bo'lim 45.Akbar To'raev 14.Xurshid Muxtorov 3.Jaloliddin Jumaboyev 21.Muhsin Ubaydullaev (k) 55.Manuchehr Safarov (Nodir Ahmadjonov 70) 66.Doniyor Valiev 80.Nodir Ahmadjonov 17.Sanjar Qodirqulov 33.Shohrux Yoqubjonov 77.Bilolxon Toshmirzaev 28.Behruz Oblakulov 22.Aziz Amonov
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8548-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8551-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8557-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8558-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8563-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8569-1-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8577-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8583-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8588-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8589-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8591-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8592-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8598-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8607-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8610-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8609-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8611-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8623-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8636-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8642-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8649-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/07/084A8651-300x200.jpg]