U-19 YoShLARIMIZDAN IRODALI GʻALABA

Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida U-19 chempionati doirasida 11-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda "Neftchi" yoshlar jamoasi namanganlik tengqurlarini qabul qilib, 3:2 hisobida irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Birinchi boʻlimda yoshlarimiz hisobni ochishga muvaffaq boʻldilar, lekin mehmonlar koʻp oʻtmay jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdilar. 1:1 durang hisobi tanaffusga qadar oʻzgarmadi. Ikkinchi boʻlim esa namanganlik futbolchilarning faol harakatlari bilan boshlandi va ular tez orada ikkinchi toʻpni kiritib, oldinga chiqib olishdi. Bu vaziyatda murabbiylarimiz qator oʻzgartirishlarni amalga oshirishga majbur boʻldilar va bu holat oʻz natijasini koʻrsatdi. Ketma-ket xavfli hujumlarni uyushtirgan yoshlarimiz hisobni tenglashtirishdan tashqari, gʻalabali golni kiritishga ham muyassar boʻldilar. U-19 ChEMPIONATI 27 iyun 11-tur "Neftchi" 3:2 "Navbahor" "Neftchi" SK stadioni Hakamlar: Olim Toʻychiboev, Bobur Zokirov, Shoxrux Shokirov, Dildora Rustamova Nazoratchi: Shuhrat Hamidov Komissar: Doniyor Yakubjonov Gollar: Abdulaziz Salohiddinov, 32'(1:0), Isroil Tursunboev, 35'(1:1), Dilmurod Yoʻldoshev, 49'(1:2), Afzal Zokirov 59'(2:2), Afzal Zokirov, 73'(3:2) "Neftchi": 16.Muhriddin Shermatov, 29.Afzal Zokirov, 30.Akobirjon Axmadjonov, 34.Izzat Turgʻunboev, 43.Abdulaziz Salohiddinov, 63.Elbek Foziljonov, 67.Roʻzimuhammad Kurbonov, 68.Hasanboy Umirzoqov, 80.Abduraximov Yoʻldoshev, 90.Dilyorjon Baxtiyorov, 97.Davronbek Sultonbekov Zaxirada: 32.Husniddin Neʼmatov, 48.Sanjarbek Maqsudbekov, 59.Saidolimxon Mahmudxonov, 60.Muhammadziyo Adxamjonov, 65.Dilshodjon Erkinov, 76.Bekzod Abduvaliev, 82.Bunyodjon Inomov, 87.Odiljon Nabiev, 96.Sardor Raimjonov Bosh murabbiy: Iqboljon Akramov "Navbahor": 30.Sarvar Abdugʻaniev, 34.Murtazoxon Murodullaev, 49.Bunyod Rahimov, 52.Rustambek Karimjonov, 60.Qodirxon Valixanov, 73.Shukurillo Shermirzaev, 74.Isroil Tursunboev, 75.Bahodio Abduraxmonov, 85.Farrux Rahimjonov, 92.Dilmurod Yoʻldoshev, 197.Xabibullo Japarapliev Zaxirada: 36.Diyorbek Muhammadaliev, 50.Mamadalixon Ataxanov, 54.Abdulaziz Maxmudov, 58.Isoxon Yuldashev, 61.Muhammadali Isoqjonov, 71.Anasxon Raxmanov, 94.Umidjon Ibrohimov, 99.Zulfiqor Akbarov Murabbiy: Azam Rajabbaev 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati