Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TO'LA USTUNLIK

11-aprel, 2025·2 min o'qish·1
084A3079

"Mash'al" va "Neftchi" jamoalarining Olmaliqdagi OKMK stadionida o'tkazilgan bahslari boshdan oxirigacha farg'onalik futbolchilarning to'la ustunligi bilan o'tdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzaev mezbonlar darvozasiga chiroyli gol kiritib, "Neftchi"ni oldinga olib chiqdi 0:1. Bellashuvning 43-daqiqasida Jamshid Iskanderovning burchakdan oshirgan zarbasi to'g'ridan-to'g'ri darvoza to'riga borib tushdi 0:2. Shundan keyin maydon egalari mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun qattiq harakatga tushdilar. Hakam tomonidan birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda raqiblar sardori Sardor Abduraimov farg'onaliklar darvozasiga to'p kiritib, hisobni 1:2 ko'rinishiga olib keldi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi kutilganidek Vitaliy Levchenko shogirdlarining to'la ustunligi bilan boshlandi. 58-daqiqada himoyachimiz Yovan Jokich mezbonlar posbonini dog'da qoldirib, hisobni 1:3 ko'rinishiga yetkazgan bo'lsa, bellashuvning oxirgi daqiqasida Anvarjon G'ofurov raqiblar darvozasiga to'rtinchi to'pni kiritib, bu uchrashuv 1:4 hisobida "Neftchi" foydasiga hal bo'lishini ta'minladi. Ketma-ket ikkita g'alabaga erishgan sevimli jamoamizga keyingi uchrashuvlarda ham omad kulib boqishini, g'olibona hujumlar qizg'in davom etishini tilab qolamiz. Superliga 5-tur “Mash'al” — “Neftchi” 1:4 11.04.2025, 18:00 Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Danil Yasenko Zaxira hakami: Aziz Jumanov Nazoratchi: Timur Abdullaev VAR: Rustam Lutfullin AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova Komissar: Diyor Hotamqulov Gol: Bilolxon Toshmirzaev (Ibrohimhalil Yo'ldoshev) 7, (0:1), Jamshid Iskanderov 43, 0:2, Sardor Abduraimov 45+2 1:2, Yovan Jokich (Jamshid Iskanderov) 58, 1:3, Anvarjon G'ofurov (Quvondiq Ro'ziev) 90, 1:4 "Mash'al": 35. Dostonbek To'xtaboev (1. Umidjon Hamroev, 46), 2. Mudasiru Salifu, 6. Javohir Abdualimov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G'anixonov (7. Islombek Baratov, 62), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Anvar Murodov (96. Ibrohim No''monov, 46), 24. Avazxon Mamatxo'jaev, 28. Ergash Ismoilov, 30. Shohnazar Norbekov (10. Humoyun Murtozaev,54) , 37. Sherzod Fayziev. Zaxira: 5. Samandar Ochilov, 18. Dilshod Rahmatullaev, 19. Islom Sharipov,, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shaxboz Jo'raev, "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov (11. Quvondiq Ro'ziev, 82), 10. Jamshid Iskanderov (17. Muhammadali G'iyosov, 82), 14. Jamshid Boltaboev ( 5. Ikromjon Aliboev, 90), 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich ( 24. G'ulom-Haydar Gulyamov,90), 32. Zoran Marushich (22. Toma Tabatadze, 66), 34. Farruh Sayfiev, 77. Bilolxon Toshmirzaev. Zaxira: 25. Eldor Suyunov, 4. Boyan Siger, 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 44. Muhammadziyo Adhamjonov. Ogohlantirish: Avazxon Mamatxo'jaev ("Mash'al") 45+2, Mudasiru Salifu ("Mash'al") 51, Jamshid Boltaboev ("Neftchi") 68, Ibrohim No''monov ("Mash'al")

Ulashish

O'xshash yangiliklar