Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SAMARQANDDA MUHIM G'ALABA!

3-iyul, 2025·2 min o'qish·1
photo_2025-07-02_21-23-30

Jamoamiz Superliganing qoldirilgan 7-tur uchrashuvini g'alaba bilan yakunlash rejasi asosida Samarqandda turnir peshqadamlaridan biri "Dinamo"ga qarshi shiddatli va mahoratli o'yin ko'rsatdi. Yigitlarimizning maydondagi harakatlari ko'p sohada raqiblardan ustun bo'lib turdi. Bu esa uchrashuvning 24-daqiqasida tashabbuskor himoyachimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshevning samarqandliklar darvozasiga kiritgan goli bilan yakunlandi 0:1. Maydon egalari farg'onaliklarga uchrashuvni boy bermaslik uchun qarshi hujumni kuchaytirdilar. Lekin ularning urinishlari darvozabonimiz Botirali Ergashev va mohir himoyachilar tomonidan yo'qqa chiqarildi. Bellashuv birinchi bo'limdayoq neftchilar foydasiga ikkita to'p farqi bilan tugashi mumkin edi. Ammo Ikrom Aliboev raqib jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yakkama yakka chiqib, to'pni yaqin masofadan aniq yo'naltira olmadi.Shu tariqa birinchi bo'lim jamoamizning to'la ustunligi bilan o'tgan bo'lsa ham hisob o'zgarmadi. Bellashuvning ikkinchi bo'limida samarqandlik futbolchilar nima qilib bo'lsa ham mag'lubiyatdan qutilib qolish maqsadida yoppasiga hujumga tashlandilar. Lekin bu urinish hech qanday natija bermadi.Vakillarimiz raqiblar hujumini mohirlik bilan qaytarishdan tashqari o'zlari ham kutilmagan hujumlarni kuchaytirdilar. 78-daqiqada birinchi golga assistentlik qilgan Abror Ismoilov bu safar o'zi raqib jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pni qabul qilib olib, mohirlik bilan darvozabon ustidan to'rga yo'llab, hisobni oshirishga erishdi 0:2. Biznikilarning uyushqoqlik bilan olib borgan harakatlari hisobni yanada oshirishi mumkin edi. Chunki, uchrashuv hakamlari o'yinning 84-daqiqasida maydon egalari tomonidan jiddiy ravishda qoida buzilganligi bois "Dinamo" darvozasiga penaliti belgiladilar. Biroq, monitorda ushbu vaziyat qayta ko'rib chiqilgach, penaliti bekor qilindi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarini vakillarimiz g'alabaga ishonch va xotirjamlik bilan yakunladilar. Vitaliy Levchenko shogirdlarini Samarqanddagi muhim g'alaba bilan chin yurakdan tabriklab, Superliganing 15-tur uchrashuvida ham ana shunday g'olibona yurishni astoydil davom ettirishlarini tilaymiz. Superliga 7-turning qoldirilgan o'yini "Dinamo" – "Neftchi" 0:2 02 iyuli. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00 Gol: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Abror Ismoilov) 24', Abror Ismoilov (Jamshid Iskanderov) 78' Bosh hakam: Firdavs Norsafarov Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov Nazoratchi: Oleg Dachev VAR: Nayim Qosimov AVAR: Amal Sultonov Komissar: Qudrat Madraimov "Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 7.Ratinio, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov (11.Xislat Xalilov, 72), 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, 16.Richard Fraydey (12.Abdulahadjon Hoshimov, 72), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev, 37.Firdavs Abdurahmonov (88.Marko Stanoevich, 82). Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Akbar Abdirasulov, 14.Bahodir Nasimov, 19.Oybek Xamraqulov, 23.Behruz Oblaqulov. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulomhaydar Gulyamov, 56), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze (32.Zoran Marushich, 72), 23.Yovan Jokich. Zaxira: 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev, 17.Muhammadali G'iyosov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov. Ogohlantirish: Yovan Jokich (59).

Ulashish

O'xshash yangiliklar