Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SAFARDA DURANG

10-noyabr, 2024·1 min o'qish
IMG_20241110_083447_194

Futbol muxlislari "Surxon" bilan "Neftchi" o'rtasida Samarqandda o'tkazilgan uchrashuvda tomonlar o'z ustunliklarini namoyish etishsa kerak, deb o'ylagan edilar. Haqiqatda ham ikkala jamoa vakillari keyingi bellashuvlarda taniqli klublarni ham yelkasini yerga tekkizib, o'z muxlislarini juda xursand qilib kelayotgan edilar. Biroq Samarqanddagi bahsda ikkala tomonda ham g'alabaga jiddiy intilish sezilmadi. Farg'onalik futbolchilar raqiblar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni vujudga keltirgan bo'lsalar ham undan oqilona foydalana olmadilar. Shu tariqa, "Neftchi"ning safardagi bellashuvi nursiz durang bilan yakunlandi. Bugungi o'yindan so'ng 37 ochko jamg'argan jamoamiz keyingi turda Farg'onada yangi chempion- "Nasaf"ni qabul qiladi. Ishonamizki yigitlarimiz bu uchrashuvga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'radilar va muxlislarini xursand qiladilar. Superliganing 24-turi doirasidagi "Surxon" — "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi. "Surxon" – "Neftchi" 0:0 9 noyabri, 18:15 Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov Qanot hakamlari: Sherzod A'zamov, Islom Azimov Zaxira hakami: Ma'mur Ilhomov VAR: Nayim Qosimov AVAR: Xayriniso Erkinova Hakamlar nazoratchisi: Baxtiyor Namozov Uchrashuv komissari: Jahongir Rahmatullaev "Surxon": 1.Artyom Potapov, 5.Jamoliddin Xo'janiyozov, 6. Behzod Shamsiev (4.Nodirxon Ne'matxonov, 20), 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Dmitriy Pletnyov (15.Diyor Ramozonov, 85), 11.Abdug'ofur Haydarov (19.Muhammadali Abdurahmonov, 85), 17.Jahongir Abdusalomov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov (3.Sunnatulloh Hamidjonov, 85), 98.Farruh Ikromov (7.Doston Tursunov, 38). Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 9.Tamirlan Jamolutdinov, 14.Sarvar Abduhamidov, 77.Asadbek Karimov "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar G'ofurov (s), 2.Zoir Jo'raboev, 70.Abbos G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 8.Sardor Abduraimov, 23.Diyor Turopov (11.Javohir Qahramonov, 67), 30.Quvondiq Ro'ziev (17.Sanjar Qodirqulov, 67), 22.Aziz Omonov (28.Behruz Oblaqulov, 67), 10.Shohro'z Norxonov (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 87) Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 14.Xurshid Muxtorov, 19.Mirzohid G'ofurov, 9.Husayn Norchaev Ogohlantirish: Botirali Ergashev (8), Zoir Jo'raboev (21), Diyor Turopov (42), Nodirxon Ne'matxonov (62)

Ulashish

O'xshash yangiliklar