Yangiliklarga qaytish
Match report

“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU

9-sentabr, 2026·1 min o'qish·10
NEFTCHI FC

“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU

Bugun, 9-sentyabr kuni, O‘zbekiston Superligasi 21-tur doirasida turnir peshqadami Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida “Surxon” klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” 20 turdan so‘ng 45 ochko bilan 1-o‘rinda, Anvar G‘ofurov boshqaruvidagi “Surxon” esa 23 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

📊 TURNIR JADVALIDAGI HOLAT

“Neftchi” — 1-o‘rin
20 o‘yin | 14 g‘alaba | 3 durang | 3 mag‘lubiyat
45 ochko | 47–16

“Surxon” — 12-o‘rin
20 o‘yin | 6 g‘alaba | 5 durang | 9 mag‘lubiyat
23 ochko | 17–26

🤝 O‘ZARO O‘YINLAR

“Neftchi” va "Surxon" shu kunga qadar 33 marta o‘zaro bahs olib borgan.

“Neftchi” — 22 g‘alaba
Durang — 10
“Surxon” — 1 g‘alaba

Kiritilgan gollar — 77:24 “Neftchi ” foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
“Neftchi” — “Surxon” 5:0
“Surxon” — "Neftchi” 2:1

SO‘NGGI 5 UCHRASHUV

“Surxon” — “Neftchi” 0:3
“Neftchi” — “Surxon” 2:1
“Surxon” — “Neftchi” 0:0
“Surxon” — “Neftchi” 0:0
“Neftchi” — “Surxon” 1:1

Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuvni Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

📅 9-sentyabr | 19:00
🏟 “Istiqlol” Stadioni
⚔️ “Neftchi” — “Surxon”

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar