KUTILMAGAN MAGʻLUBIYAT

Kecha Superliganing 6-turida sevimli "Neftchi" jamoamiz "Istiqlol" markaziy o'yingohida Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qilib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvning birinchi bo'limi neftchilarning faol harakati bilan boshlandi. Hujumchimiz Muhummadali G'iyosovning 6-daqiqada bergan kuchli zarbasi mehmonlarning darvoza to'siniga tegib qaytdi. Agar shu zarba gol bilan yakunlanganda manzara butunlay boshqacha bo'lar edi. Mazkur holatdan keyin yigitlarimiz noumid tarzda bo'shashganday bo'lishdi va tashabbus mehmonlarga o'tdi. 23-daqiqada "Neftchi"ning sobiq o'yinchisi Umar Adhamzoda darvozaga to'p kiritib, toshkentliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 43-daqiqada mehmonlarning legioner hujumchisi Brayan Riaskos darvozabonimiz Eldor Suyunovni dog'da qoldirib, ikkinchi gol muallifiga aylandi.Shu tariqa, mehmonlar hujumkorligi kuchayib boraverdi. Natija bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning 45+(1) daqiqasida tepadan oshirilgan to'pni Igori Sergeev boshi bilan darvozaga yo'llagan bo'lsa, 45+(6) daqiqada Umar Adhamzoda posbonimiz oldinga chiqib ketganligini ko'rib, to'pni osongina mo'ljalga yo'lladi va shu tariqa uchrashuvda dubli qayd etdi. Birinchi bo'limni yirik hisobda boy bergan jamoamiz ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirish uchun qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Afsuski, bu o'zgarishlar ham jamoamizga omadni qaytara olmadi. Shu bois, bu muhim bellashuv jamoamizning 0:4 hisobidagi alamli mag'lubiyati bilan yakunlandi.Tajribali muxlislar eslaganlaridek, futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yurishini, omadsizlik yigitlar ruhini pasaytirib yuborishini mazkur bellashuv amalda ko'rsatdi. Biz futbolchilarimizga bu mag'lubiyatdan fojia yasamasdan, navbatdagi uchrashuvlarga ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan puxta tayyorgarlik ko'rishlarini, hujumkorlikni har qanday vaziyatda kutilgan natijagacha yetkazishlarini, farg'onaliklarning azaliy an'analarini shiddat bilan tiklashlarini tilab qolamiz. Superliga 6-turi "Neftchi" – "Paxtakor" 0:4 19.04.2025. 20:15 Bosh hakam: Timur To'xtasinov Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov Nazoratchi: Viktor Serazitdinov VAR: Abdurashid Xudoyberganov AVAR: Ibrohim Ismoilov Komissar: Diyor Hotamqulov Gollar: 0:1 – 23, Umar Adhamzoda, 0:2 – 42, Brayan Riaskos, 0:3 – 45+3, Igori Sergeev (Bashar Resan), 0:4 – 45+6, Umar Adhamzoda (Igori Sergeev) "Neftchi": 25. Eldor Suyunov (1. Botirali Ergashev, 46), 20. Anvar G'ofurov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 34. Farruh Sayfiev, 77. Bilol Toshmirzaev, 7. Abror Ismoilov (8. Vladimir Yovovich, 46), 10. Jamshid Iskanderov (5. Ikrom Aliboev, 46), 14. Jamshid Boltaboev (11. Quvondiq Ro'ziev, 68), 23. Yovan Jokich, 32. Zoran Marushich, 17. Muhammadali G'iyosov (4. Boyan Siger, 46) Zaxira: 33. Shohruh Yoqubjonov, 66. Doniyor Valiev, 22. Toma Tabatadze, 24. G'ulom Haydar G'ulomov "Paxtakor": 19. Jonatan Luis (12. Vladimir Nazarov, 46), 22. Umar Adhamzoda (44. Mahmudjon Mahamadjonov, 66), 5. Muhammadqodir Hamroaliev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 7. Hojiakbar Alijonov, 3. Shahzod Azmiddinov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 47. Jonatan Lukka, 21. Bashar Resan (30. Otabek Jo'raqo'ziev, 83), 11. Igori Sergeev (6. Muhammadali O'rinboev, 83), 94. Brayan Riaskos (17. Doston Hamdamov, 66) Zaxira: 77. Dilshod Saitov, 15. Diyor Ortiqboev, 31. Muhammadali Usmonov, 9. Ibrohim Ibragimov, 4. Humoyun Nazarov. Ogohlantirishlar: Umar Adhamzoda (15), Farruh Sayfiev (18), Brayan Riaskos (18), Sardor Sobirxo'jaev (71)