O‘SMIRLARNING ISHONCHLI GʻALABASI!
22-may, 2025·1 min o'qish·4

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi kubogi uchun vodiy mintaqasida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda "Neftchi"ning turli toifadagi jamoalari Namanganning" Barkamol avlod" futbolchilarini qabul qildilar. Mazkur bahslarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz. "Neftchi"(U-13)-"Barkamol avlod"(U-13) 2:1 "Neftchi"(U-14)-"Barkamol avlod"(U-14) 4:0 "Neftchi"(U-15)-"Barkamol avlod"(U-15) 6:0 "Neftchi"(U-16)-"Barkamol avlod"(U-16) 3:0 Navbatdagi 4-tur uchrashuvlari Andijon viloyatida "Shahrixon" jamoalariga qarshi o‘tkaziladi. Ushbu bahslarda ham o‘smirlarimizga g‘alaba va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.