Yangiliklarga qaytish
Umumiy

OLMALIQDA JANGOVAR DURRANG

19-may, 2025·2 min o'qish·1
084A1246

Kutilganidek maydon egalari albatta g'alaba qozonish uchun bellashuvning birinchi daqiqalaridanoq hujumkorlikni kuchaytirdilar. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq darvozamiz oldida xavfli vaziyat vujudga keltirildi. OKMKning ispaniyalik legioneri Ruben Sanchesning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. Unga javoban vakillarimiz ham qarshi hujumga astoydil kirishdilar. 12-daqiqada Farrux Sayfievning chiroyli uzatmasini Zoran Marushich zarb bilan darvozaga yo'llashga urindi. Ammo noqulay vaziyat tufayli oyog'i to'pga yetmay qoldi. Shu tariqa bu galgi hujumkorlik ham aniq natija bermadi. Maydon egalari esa himoyachilarimizning xatosidan foydalanishga urinib, 22-daqiqada Asadbek Sobirjonov posbonimiz bilan yakkama-yakka chiqib, to'pni nishonga aniq yo'llab hisobni ochdi 1:0. Shundan keyingi bizning hisobni tenglashtirish uchun, maydon egalarining esa g'alabani mustahkamlash uchun qilgan urinishlari natija bermadi. Birinchi bo'lim mezbonlarning minimal ustunligida yakun topdi. Bellashuvning ikkinchi yarmini bosh murabbiy asosiy o'yinchilarni yangilari bilan almashtirishdan boshladi.Zoran Marushich bilan Farrux Sayfiev o'rnini Toma Tabatadze va Bilolxon Toshmirzaev egalladi. Yangi o'yinchilar yarim himoyachilar bilan hamkorlikda hujumni avj oldirib, maydon egalarining posboni himoyachilarini dovdiratib qo'ydilar. Vujudga kelgan vaziyatdan mohirlik bilan foydalangan Abrorbek Ismoilov ikki daqiqa mobaynida mezbonlar darvozabonini dog'da qoldirib, hisobni tenglashtirish bilan birga farg'onaliklarni oldinga olib chiqdi 1:2 va bellashuv qahrasoniga aylandi. Bundan g'azablangan konchilar bosh murabbiyi darvozabonni almashtirishga majbur bo'ldi va butun jamoani yoppasiga hujumga o'tishga chorladi. Bu harakat maydon egalarini mag'lubiyatdan saqlab qolishga yordam berdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida tajribali himoyachi Islom To'xtaxo'jaevning burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'naltirib, hisobni tenglashtirishga va dramatik bellashuvning 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlanishiga erishdi. Eng jangovar va shiddatli uchrashuvni munosib mahorat bilan o'tkazib, safardagi bellashuvdan ochko olib qaytgan yigitlarimiz 24 may kuni G'uzorning "Sho'rtan" jamoasini "Istiqlol" stadionida qabul qiladilar. Bu bahsda sevimli jamoamizga omad yor bo'lishiga ishonchimiz komil. Superliga 10-tur OKMK – "Neftchi" 2:2 Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00 Bosh hakam: Timur To'xtasinov Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov Zaxira hakami: Dias Galeev Nazoratchi: Aleksandr Popov VAR: Firdavs Norsafarov AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova Komissar: Muhammad-Sodiq Sodiq-Oxunov Gol: Asadbek Sobirjonov (Aziz Xolmurodov) 22, 1:0, Abror Ismoilov 64, 1:1, Abror Ismoilov 66, 1:2, Islom To'xtaxo'jaev (Xurshid G'iyosov) 82, 2:2 OKMK: 1.Humoyunshoh Sayyotov (31.Muhammad Ubaydullaev, 68), 5.Giorgi Papava (28.Arixiro Sentoku, 73), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches (9.Kleydi Dasi, 81), 15.Oybek Rustamov, 18.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov,68), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 99.Asadbek Sobirjonov (77.Nodirbek Abdurazzoqov, 68) Zaxira: 2.Akromjon Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 90.Abubakr Rizo Turdialiev. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev,80), 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov ( 17.Muhammadali G'iyosov,58), 11.Quvondiq Ro'ziev (14.Jamshid Boltaboev, 58), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 46), 34.Farruh Sayfiev (77.Bilolxon Toshmirzaev,46) Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Shohrux Gadoev, 33.Shohrux Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev, Ogohlantirish: Farrux Sayfiev ("Neftchi") 17

Ulashish

O'xshash yangiliklar