"NEFTCHI" U-15 JAMOAMIZ XALQARO TURNIR GʻOLIBI!

Neftchi futbol akademiyasining Neftchi U-15
Joriy yilning 9-11 iyun kunlari Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida 15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan Qosimov Jamoliddin bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol akademiyasining "Neftchi"U-15 jamoasi ishtirok etdi.
Ushbu turnirda qayd etilgan natijalarni keltirib o‘tamiz:
9 iyun
"Neftchi" U-15- "Barsa" akademiyasi 3:0
10 iyun
"Neftchi" U-15- AFIM akademiyasi 4:0
11 iyun
"Neftchi" U-15- Abdish-Ata 3:0
Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi nominatsiyasida "Neftchi" akademiyasining futbolchisi Ibrohim To‘xtasinov, turnirning to‘purari esa Saidmahmudxon Mahmudov, deb e’tirof etildi.
Jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Qirg‘iz Respublikasida xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan "Neftchi" U-15 jamoamizni chin dildan muborakbod etib, bo‘lajak musobaqalarda ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati