"NEFTCHI" — SO‘NGGI TURDA MUHIM G‘ALABA!

Superligada oxirgi 26-turni Toshkentda "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkazgan "Neftchi" chiroyli va hujumkor o‘yini bilan naqadar farg‘onalik, balki butun muxlislarni qoyil qoldirdi. Birinchi bo‘limda Superligada qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan temiryo‘lchilar neftchilar darvozasiga ustma-ust ikkita gol kiritdi. Bundan farg‘onalik muxlislar ancha ranjidilar. Lekin jamoamiz tushkunlikka tushmadi. Aksincha, butun kuchini hujumga qaratdi. Natijada uchrashuvning 40-daqiqasida Abbos G‘ulomov, 41-daqiqasida esa Bilolxon Toshmirzayev raqiblar darvozasiga gol kiritib hisobni tenglashtirdilar va birinchi bo‘lim durang 2:2 natijasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda jamoamizda qator o‘zgarishlar yuz berdi. Maydonga tushirilgan yangi o‘yinchilar raqibga nisbatan bosimni yanada kuchaytirdilar. Ammo, yigitlarimizning mezbonlar darvozasi tomon yo‘llagan zarbalari noaniq ketdi. Faqat bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 90+(3) daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Sanjar Qodirqulov chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab "Neftchi" g‘alabasini ta’minladi 2:3. "Lokomotiv" esa bu mag‘lubiyatdan keyin Superligani tark etadigan yagona jamoaga aylandi. Shu g‘alabadan so‘ng neftchilar "So‘g‘diyona" va "Navbahor" klublari singari 43 ochko to‘pladi. Biroq, jamoalar o‘rtasidagi yutuq va mag‘lubiyatlar hamda to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalini beshinchi o‘rin bilan yakunladi. Bu yilgi mavsumda so‘nggi uchrashuvlarni yuksak saviyada o‘tkazib, muxlislar ishonchi va quvonchini oshirgan Vitaliy Levchenko shogirdlari jamoani doimo qo‘llab-quvvatlab kelgan viloyat hokimligiga va barcha homiylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etadilar. "Lokomotiv" - "Neftchi" 2:3 Gol: 12 - Ivan Rogach (Shodiyor Shodiboev), 30 - Sardor Abdunabiev (Muhammadanas Hasanov), 38 - Abbos G'ulomov (Quvondiq Ro'ziev), 40 - Bilolxon Toshmirzaev, 90+3 - Sanjar Qodirqulov "Do'stlik" stadioni Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev Qanot hakamlari: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov Zaxira hakami: Umid Rahimjonov VAR: Ravshan Abduvohidov AVAR: Amir Galeev Nazoratchi: Marat Ismoilov Komissar: Shohruh Said "Lokomotiv": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 4. Ivan Rogach, 6. Ozodbek O'ktamov (3. Valeriy Kichin,80), 7. Sardor Abdunabiev, 8. Dilshod Jo'raev, 10. Shodiyor Shodiboev ( 9. Timur Mamasiddiqov, 80), 11. Konstantin Bazeliyuk (72. Rustam Xolnazarov.76), 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 55. Anzur Ismoilov (S), 97. Mixail Gashenkov. Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 15. Jasurbek Hakimov, 27. Sobit Sindarov, 28. Quvonchbek Abraev, 33. Ibrohimjon Qurbonov, 35. Azizbek Abdumajitov, "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Boyan Siger, 8. Sardor Abduraimov ( 24. G'ulom-Haydar G'ulomov.46), 10. Shohruz Norxonov ( 22. Azizbek Amonov,82), 20. Anvarjon G'ofurov, 30. Quvondiq Ro'ziev, 55. Manuchehr Safarov (17. Sanjar Qodirqulov, 46), 70. Abbos G'ulomov, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 99. Nsungusi Effiong (9. Husayn Norchaev, 46). Zaxira: 16. Asrorbek Kenjaev, 45. Akbar To'raev, 14. Xurshid Muxtorov, 19. Mirzohid G'ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, Ogohlantirish: 28 - Ozodbek O'ktamov, 33 - Abbos G'ulomov, 63 - Sanjar Qodirqulov, 69 - Mixail Gashenkov