Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "SHO'RTAN" PREVIYU

24-may, 2025·1 min o'qish·2
084A1167

Bugun Superliganing 11-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Sevimli "Neftchi" jamoamiz uzoq tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan va ayni damda chempionatda autsayderlar qatorida borayotgan G'uzorning "Sho'rtan" klubini qabul qiladi. "Neftchi" bilan "Sho'rtan" o'rtasidagi o'zaro bellashuvlarga to'xtaladigan bo'lsak, jamoalar Superliga doirasida so'nggi marta 2017 yilda to'qnashgan edilar. Shu kungacha jamoalar milliy chempionatimizda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, unda 7 marta "Neftchi" g'alaba qozongan bo'lsa, 9 marta "Sho'rtan" ustunlik qilgan. 8 ta o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 26-30 g'uzorliklar foydasiga. Ushbu qarama-qarshilikda farg'onaliklarning eng yirik g'alabasi 5:0 ko'rinishida qayd etilgan bo'lsa, "Sho'rtan"da bu ko'rsatkich 4:0 hisobida ko'rinish olgan. Jamoalarning Farg'onada o'tkazgan so'nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 05.08.2017. "Neftchi"-"Sho'rtan" 1:1 30.04.2016. "Neftchi"-"Sho'rtan" 2:2 14.03.2015. "Neftchi"-"Sho'rtan" 1:1 04.08.2013. "Neftchi"-"Sho'rtan" 2:0 18.05.2012. "Neftchi"-"Sho'rtan" 1:1 Eslatib o'tamiz,"Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadigan "Neftchi"-"Sho'rtan" uchrashuvini Xushnud Suyunboev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar