Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "PAXTAKOR"  PREVIYU

19-aprel, 2025·1 min o'qish·4
084A4233

Bugun Farg'onadagi "Istiqlol" markaziy o'yingohida Superliganing 6-tur bahsi o'tkaziladi. Unda 16 marta mamlakat chempioni bo'lgan, ammo bu yilgi mavsumda imkoniyatlarni boy berib, quyi pog'onalarda borayotgan "Paxtakor" jamoasi "Neftchi"ning mehmoni bo'ladi. "Neftchi" va "Paxtakor" o'zaro o'yinlariga to'xtalsak, klublar milliy chempionatimiz doirasida 60 marta to'qnashgan bo'lib, bularning 29 tasida "Paxtakor", 22 tasida esa "Neftchi" ustunlikka erishgan, 9 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. Umumiy to'plar nisbati 69-98 toshkentliklar foydasiga. Jamoalarning Farg'onada qayd etgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha: 01.07.2024. "Neftchi"-"Paxtakor" 0:2 10.03.2023. "Neftchi"-"Paxtakor" 2:1 12.08.2022. "Neftchi"-"Paxtakor" 0:2 12.06.2018. "Neftchi"-"Paxtakor" 1:1 08.03.2017. "Neftchi"-"Paxtakor" 0:0 Bu yilgi mavsumda peshqadamlikni reja qilib, dadil borayotgan sevimli jamoamizga bu bahsda katta omad tilaymiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar