Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "MASH'AL" PREVYU

24-iyun, 2025·1 min o'qish·2
084A3087

Bugun sevimli jamoamizning navbatdagi uchrashuvi Oʻzbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida boʻlib oʻtadi. Unda Vitaliy Levchenko shogirdlari Muborakning "Mash'al" klubini qabul qiladi. Jamoalarning Oʻzbekiston kubogi musobaqasidagi oʻzaro toʻqnashuvlar statistikasiga e'tibor qaratadigan boʻlsak, raqiblar kubok uchun kurashda jami 6 marta uchrashgan boʻlib, unda 4 marta "Neftchi" gʻolib chiqqan boʻlsa, bir oʻyinda "Mash'al" ustunlik qilgan va bitta uchrashuv durang bilan yakunlangan. Kiritilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar nisbati 18:6 fargʻonaliklar foydasiga. Oʻzbekiston kubogi doirasida boʻlib oʻtgan barcha uchrashuv natijalari bilan tanishtirib oʻtamiz 14.11.2006. "Neftchi"-"Mash'al" 2:2 26.10.2006. "Mash'al"-"Neftchi" 2:0 20.09.2005. "Neftchi"-"Mash'al" 3:0 04.09.2005. "Mash'al"-"Neftchi" 1:5 23.08.1995. "Neftchi"-"Mash'al" 6:0 05.06.1995. "Mash'al"-"Neftchi" 1:2 Ma'lumot oʻrnida, jamoalar joriy yilda ikkinchi bor toʻqnash kelishmoqda. Bungacha raqiblar 11 aprel kuni Superliganing 5-tur bahsida kuch sinashgan edilar va shu kuni "Neftchi" safarda oʻtkazilgan uchrashuvda yirik 1:4 hisobida ustunlikka erishgan. "Mash'al" darvozasiga kiritilgan gollarga Bilolxon Toshmirzaev, Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich hamda Anvarjon Gʻofurovlar mualliflik qilishgan. Eslatib oʻtamiz, "Istiqlol" stadionida boʻlib oʻtadigan "Neftchi"-"Mash'al" bellashuvini Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi. Bugungi bellashuvda futbolchilarimizga jozibador oʻyin namoyish etib, futbol ishqibozlarini chiroyli gʻalaba bilan shod etishlarini tilab qolamiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar