Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI"-"LOKOMOTIV"  PREVIYU

27-iyun, 2024·1 min o'qish
IMG_20240627_152645_464

Superliganing 13-tur bahsidagi raqibimiz Toshkentning" Lokomotiv" klubi 2002 yilda "O'zbekiston temir yo'llari" davlat kampaniyasi tomonidan tashkil etilgan va debyut mavsumini Birinchi liga musobaqalaridan boshlagan. Keyinchalik omadli yurish qilgan jamoa tez fursatlar ichida mamlakatimizning oliy liga yo'llanmasiga ega chiqadi. Sevimli "Neftchi" jamoamiz milliy chempionatimiz doirasida temiryo'lchilar bilan 30 marta to'qnash kelgan .Bularning 8 tasida farg'onaliklar, 16 tasida poytaxtliklar zafar quchishgan, 6 ta bahsda murosa ko'chasi tanlangan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 37-51 "Lokomotiv" foydasiga. Jamoalarning Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 05.05.2022. "Neftchi"-"Lokomotiv" 0:1 04.05.2018. "Neftchi"-"Lokomotiv" 1:4 03.11.2017. "Neftchi"-"Lokomotiv" 0:0 14.08.2016. "Neftchi"-"Lokomotiv" 1:1 08.08.2015. "Neftchi"-"Lokomotiv" 1:2

Ulashish

O'xshash yangiliklar