Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "DINAMO" PREVIYU

10-avgust, 2024·1 min o'qish
084A5462

Superliganing 15-tur bahsida Vitaliy Levchenko shogirdlari muhtasham "Istiqlol" markaziy o'yingohida Samarqandning "Dinamo" klubini imtixondan o'tkazadi. 1960 yilda tashkil topgan ushbu jamoa bilan "Neftchi" futbol klubi O'zbekiston chempionatining oliy divizionida 49 marta o'zaro kuch sinashgan. Shundan 33 ta o'yinda "Neftchi"ning qo'li baland kelgan, 4 ta uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan va 12 ta bahsda "Dinamo" ustunlikka erishgan. Umumiy to'plar nisbati 95-42 farg'onaliklar foydasiga. O'zaro qarama-qarshilikdagi "Dinamo"ning eng yirik g'alabasi 2010 yilda 3:1 hisobida qayd etilgan. "Neftchi"ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 1997 yilda yuz bergan. O'shanda farg'onaliklar 8:0 hisobida ustun kelishgan. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 18.09.2022. "Neftchi"-"Dinamo" 4:1 14.06.2017. "Neftchi"-"Dinamo" 2:3 09.05.2015. "Neftchi"-"Dinamo" 3:1 31.05.2014. "Neftchi"-"Dinamo" 1:0 02.03.2013. "Neftchi"-"Dinamo" 1:0 Bo'lajak bellashuvda futbolchilarimizga kuch-quvvat, g'ayrat-shijoat va va g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar