Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NEFTCHI" - "BUXORO" PREVIYU

19-iyun, 2025·1 min o'qish
084A1237

Superliganing 13-turida Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz ayni damda turnir jadvalida 9 ochko bilan 15-o'rinni band etib kelayotgan "Buxoro" klubini qabul qiladi. Statistikaga yuzlanamiz. Superliga chempionati doirasida raqiblar 54 marta o'zaro kuch sinashgan bo'lib, bularning 15 tasida "Buxoro"ning qo'li baland kelgan, 35 ta bahsda esa "Neftchi" ustunlik qilgan, 4 ta bellashuvda murosa ko'chasi tanlangan.Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 103-49 farg'onaliklar foydasiga. O'zaro bahslardagi eng yirik natijalar 1999 yil futbol mavsumida qayd etilgan. Buxoroda bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar 4:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, Farg'onadagi javob bahsida "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan. Farg'onada qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha 27.09.2023. "Neftchi"-"Buxoro" 3:0 12.04.2018. "Neftchi"-"Buxoro" 0:1 07.09.2017. "Neftchi"-"Buxoro" 1:2 29.10.2016. "Neftchi"-"Buxoro" 0:1 26.06.2015. "Neftchi"-"Buxoro" 1:0 Eslatib o'tamiz, 20 iyuni kuni "Istiqlol" stadionida kechadigan "Neftchi"-"Buxoro" bellashuvini Doston Rahmonov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi. Ushbu bellashuvda sevimli jamoamizga ko'p sonli farg'onalik muxlislar nomidan chiroyli o'yin namoyish etib, quvonchli g'alaba qozonishlarini tilab qolamiz.

Ulashish

O'xshash yangiliklar