"NAVBAHOR" - "NEFTCHI" PREVIYU

Ertaga O'zbekiston kubogi doirasida "Ye" guruhidan o'rin egallagan ikki grand jamoalar "Navbahor" hamda "Neftchi" o'zaro bahs olib borishadi. Aytib o'tish joiz, ushbu jamoalar 5 apreli kuni Farg'onada chempionat bellashuvida kuch sinashgan bo'lib, unda farg'onaliklarning qo'li baland kelgan edi. O'n kun o'tib endi azaliy raqiblar kubok uchun kurash olib boradilar. O'zbekiston kubogi musobaqalarida jamoalar 15 marta o'zaro to'qnash kelishgan. Ushbu uchrashuvlarning 9 tasida "Navbahor", 4 tasida "Neftchi" g'alaba qozongan. Ikkita bahsda durang natijasi qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 26-15 namanganliklar foydasiga. Jamoalarning O'zbekiston kubogi doirasida qayd etgan natijalari bilan tanishing 18.04.2022. "Navbahor"-"Neftchi" 2:0 04.08.2019. "Navbahor"-"Neftchi" 3:1 31.05.2017. "Navbahor"-"Neftchi" 2:1 23.05.2017. "Neftchi"-"Navbahor" 1:0 29.08.1998. "Navbahor"-"Neftchi" 2:0 17.11.1997. "Navbahor"-"Neftchi" 2:2 21.11.1997. "Neftchi"-"Navbahor" 1:0 04.10.1995. "Navbahor"-"Neftchi" 5:0 27.09.1995. "Neftchi"-"Navbahor" 2:2 1994 yil "Neftchi"-"Navbahor" 2:0 1994 yil "Navbahor"-"Neftchi" 2:1 1993 yil "Neftchi"-"Navbahor" 2:1 1993 yil "Navbahor"-"Neftchi" 1:0 26.07.1992. "Navbahor"-"Neftchi" 2:1 23.07.1992. "Neftchi"-"Navbahor" 1:2 Eslatib o'tamiz, "Ye" guruhidan o'rin olgan "Navbahor"-"Neftchi" uchrashuvi 15 apreli kuni Namangandagi "Markaziy" stadionida o'tkaziladi. Bellashuv soat 20:15 da start oladi. Bo'lajak bahsda sevimli jamoamizga minglab farg'onalik muxlislar nomidan chiroyli o'yin namoyish etib, quvonchli g'alaba qozonishlarini tilab qolamiz.