KUTILMAGAN MAG'LUBIYAT

"Neftchi" va "Paxtakor" azal-azaldan chempionlik uchun murosasiz kurashib kelgan jamoalardir. Lekin keyingi davralarda jamoalarning kuchi va sa'y-harakati butunlay o'zgarib ketdi. "Paxtakor" amaldagi chempionlikni saqlab qolish uchun hujumkorlikni kuchaytirib bormoqda. Farg'onadagi bugungi uchrashuvda ham raqiblar harakati maydon egalarini, ya'ni jamoamizni ancha tashvishga solib turdi va nihoyat 16 va 40-daqiqalarda mehmonlar o'z rejasini amalga oshirdi. Bunda himoyachilarimiz va darvozabonni ayblab bo'lmaydi. Chunki poytaxtlik futbolchilar darvozamiz oldidagi parokandalik va sarosimalikdan unumli foydalanib birinchi bo'limni 0:2 hisobida yakunlashga erishdi. Ikkinchi bo'limda "Neftchi"ning yetakchi futbolchilari yangi va istiqbolli yigitlar bilan almashtirilgan bo'lsa ham bu o'zgarish o'z natijasini ko'rsatmadi. Futbolchilarimizning mag'lubiyatdan qutilish va hech bo'lmaganda durang natijaga erishish yo'lidagi xatti-harakatlari samara bermadi. Shu tariqa, butun muxlislarimiz ishonch bilan kutgan g'alaba o'rniga mag'lubiyat alamini taqdim etdi. Ishonamizki sevimli jamoamiz chempionatning ikkinchi davrasida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etib, odatdagiday peshqadamlar safida yurishni davom ettiradi. 5-tur. Qoldirilgan uchrashuv "Neftchi" – "Paxtakor" 0:2 1 iyuli. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:30 Bosh hakam: Asker Najafaliev Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Diyor Xotamqulov Gollar: 0:1 — 16, Dostonbek Hamdamov, 0:2 — 40, Doniyor Abdumannopov. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Husayn Norchaev (28.Behruz Oblaqulov, 64), 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov (11.Javohir Qahramonov, 46), 21.Muhsin Ubaydullaev, 55.Manuchehr Safarov (19.Mirzohid G'ofurov, 57), 70.Abbos G'ulomov (3.Jaloliddin Jumaboev, 75), 99.Nsungusi Effiong (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46). Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Ketelin Karp, 14.Xurshid Muxtorov, 18.Mixay Roman. "Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov (2.Behruz Asqarov, 84), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev (19.Sunnatilla Poyonov, 88), 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 63), 55.Muhammadrasul Abdumajidov. Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboev, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 20.Dilshod Abdullaev, 80.Behruz O'ktamov, 99.Abbos Ergashboev. Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (4), Umar Adhamzoda (14), Diyor Xolmatov (60), Shahzod Azmiddinov (63).