Yangiliklarga qaytish
Umumiy

KUBOK UCHUN KURASH TO'XTATILDI

7-iyul, 2024·1 min o'qish
084A6776

O'zbekiston kubogi uchun kurashning nimchorak uchrashuvini Jizzaxda "So'g'diyona" bilan o'tkazgan jamoamiz bahsni 1:0 hisobida boy berib, bu sohadagi musobaqani muddatidan oldin to'xtatishga majbur bo'ldi. Uchrashuvning asosiy qismida hisob ochilmadi. Qo'shib berilgan ekstra taymlarning 112-daqiqasida "So'g'diyona"ning zaxiradan maydonga tushirilgan o'yinchisi Sardorbek Xoshimov "Neftchi" darvozasini aniq nishonga olishga muvaffaq bo'ldi. Bu g'olibona natija jizzaxlik futbolchilarga O'zbekiston kubogi uchun kurashning chorak finalini yana o'z maydonida Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi. Hamshahar futbolchilarimizga Superliga musobaqalaridagi hatti-harakatlarini yanada kuchaytirib, peshqadamlar safida borishni davom ettirishlari uchun omadlar tilaymiz. O'zbekiston Kubogi 1/8 final uchrashuvi bo'lib o'tdi. “So'g'diyona” – “Neftchi” 1:0 Gol: Sardorbek Hoshimov (112). Bosh hakam: Iligiz Tantashev Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov VAR: Ahrol Risqullaev AVAR: Timur Gaynullin Zaxira hakami: Doston Rahimov Nazoratchi: Komnstantin Smirnov Komissar: Feruz G'aniev "So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 5.Jasurbek Yoqubov, 8.Vladimir Yovovich, 10.Shohruhbek Abdurahmonov, 11.Zoran Petrovich, 14.Lyupcho Doriev, 15.Xondamir Mustafoqulov, 28.Stanislav Andreev, 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev. "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Siger, 8.Katalin Karp, 11.Javohir Qahramonov, 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 55.Manuchexr Safarov, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 99.Nsungusi Effiong. [gallery link="file" size="large" ids="15278,15279,15280,15281,15282,15283,15284,15285,15286,15287,15288,15289,15290,15291,15292,15293,15294,15295,15296,15297,15298"]

Ulashish

O'xshash yangiliklar