Yangiliklarga qaytish
Umumiy

KICHIK KLASSIKODA IRODALI GʻALABA QOZONDIK!

18-iyun, 2025·1 min o'qish·3
084A6196

"Neftchi Arena" stadionida o'tkazilgan U-19 birinchiligining 9-tur bahsida turnir peshqadamlaridan biri "Paxtakor" klubi "Neftchi" yoshlar jamoasining mehmoni bo'ldi va uchrashuv kutilganidek poytaxtliklar faolligi ostida boshlandi.Bir necha bor xavfli hujumlarni tashkil etgan mehmonlar 17-chi va 20-daqiqalarda Yah'yo O'rinboevning dubli evaziga hisobni 0:2 ko'rinishiga olib kelishdi. Shundan keyin maydon egalari hujumni barcha imkoniyat bilan kuchaytirdilar. Bu harakat uchrashuvning 33-chi va 45-daqiqalarida o'z samarasini ko'rsatdi. Futbolchilarimiz Elsevarbek Olimov va Mujohidbek Olimovlar boshqalarga o'rnak ko'rsatishib, mehmonlar darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Birinchi bo'lim durang 2:2 natija bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limda farg'onaliklarning g'alaba uchun ishtiyoqi yanada kuchaydi. Bu amalda o'z natijasini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda to'p kiritgan Mujohidbek Olimov yana o'zini ko'rsatib, mehmonlar darvozasiga uchinchi to'pni yo'lladi. Bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+(2) daqiqasida Anvarjon Ahmadillaev toshkentliklar darvozasiga to'rtinchi to'pni kiritib, uchrashuv farg'onaliklar foydasiga 4:2 hisobida yakunlanishiga olib keldi. Bu bellashuvda alohida g'ayrat-shijoat, uyushqoqlik va matonat ko'rsatib peshqadamlar ustidan g'alaba qozongan yoshlarimizga kelgusi uchrashuvlarda ham ana shunday omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. O'zbekiston U19 chempionati 9-tur Fargʻona Shahri, "Neftchi arena" 18.06.2025 yil soat 17:00 "Neftchi" U19 - "Paxtakor" U19 4:2 Gollar: Yaxyo O'rinboyev,17(0:1) Yaxyo O'rinboyev,20 (0:2), Elsevar Olimov, 33 (1:2),Mujohid Olimov,45 (2:2) Mujohid Olimov,50 (3:2) Anvarjon Ahmadilayev,90 (4:2) Hakamlar:Doston Mirzarayimov, Mahmudbek Rustamov, Shahboz Vohobjonov, Ahrorjon Husanov Komissar: Doniyor Yokubjonov "Neftchi U19" : 16.Husniddin Ne'matov, 52.Mujohidbek Olimov, 57.Sanjarbek Maqsudbekov, 58.Elsevar Olimov,60Nurmuhammad Abdugʻaniyev, 62.Mirjalol Anvarov, 78.Oyatillo Ergashev, 82.Muhammadqodir Rasuljonov, 89.Abdulvosid Qo'ldoshov, 90.Dilshod Sharofiddinov, 99 Salohiddin Muhammadno'monov Zahiradan qo'shilganlar: Asadillo Adhamov, Yaxyoxon Isakov, Javohir Mahmudov, Bosh murabbiy:Shuhratjon Mirzayev

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6196-1-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6202-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6212-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6217-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6218-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6221-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6222-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6223-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6225-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2025/06/084A6230-300x200.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar