Yangiliklarga qaytish
Umumiy

KUBOKDA JANGOVAR DURANG!

15-aprel, 2025·2 min o'qish·1
084A4233

O'zbekiston kubogi uchun "Ye" guruhida o'tkazilgan "Navbahor"-"Neftchi" bellashuvini namanganlik muxlislar katta ko'tarinkilik bilan kutgan edilar. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida maydon egalari muxlislar ishonchini oqlaganday bo'ldilar. "Neftchi" darvozasi tomon ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirib turildi. Lekin bu urinishlar amaliy natija bermadi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkinchi bo'limni shiddat va hujumkorlik bilan boshladilar. Uchrashuvning 49-daqiqasida Bilolxon Toshmirzaev o'ng qanotdan raqib himoyachilarini katta tezlikda aldab o'tib, jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'pini legioner hujumchimiz Zoran Marushich to'xtatmasdan darvozaga yo'llab farg'onaliklarni oldinga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi 0:1. Shundan keyin ham "Neftchi" hujumi pasaymadi va 59-daqiqada navbatdagi hujum tashkil etilgan vaziyatda raqib jarima maydonchasi ichida yarim himoyachimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev darvozabonga nisbatan qo'pol muomalada bo'lganligi uchun bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylanib, o'yindan chetlatildi. Maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan yigitlarimiz asosiy e'tiborni himoyaga qaratishga majbur bo'ldilar. Bundan foydalangan maydon egalari yoppasiga hujumga o'tib, darvozamiz oldida jiddiy vaziyatlar yaratib mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun zo'r berdilar. Bu urinish hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning 90+(6) daqiqasida Gabriel Gedesh tomonidan kiritgan javob to'pi bilan yakunlandi 1:1. Shu tariqa, Namangandagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda jangovar durang natijasi qayd etildi. Yigitlarimizga navbatdagi uchrashuvlarda har qanday sharoitda ham hujumkorlikni susaytirmaslik, butun e'tiborni g'oliblikni saqlab qolish uchun kurashga sarflashlarini tilab qolamiz. O'zbekiston Kubogi 1-tur "E" guruhi "Navbahor" – "Neftchi" 1:1 Namangan. "Markaziy" stadioni. 20:15 Gol: Zoran Marushich, 49, Igor Gabriel, 90+7 (1:1) Chetlatish: Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 59 Bosh hakam: Iligiz Tantashev Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin Nazoratchi: Olim Abduvasilov Komissar: Sherzod Rajabov "Navbahor": 1.Umidjon Ergashev, 7.Azim Ahmedov, 8.Shohmalik Komilov, 9.Zabihillo O'rinboev, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 17.Ruslanbek Jiyanov, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilierme Gedesh, 37.Alisher Odilov, 99.Igor Gabriel. Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 4.Shahzod Tairov, 6.Sherzod G'ulomjonov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 29.Pedro Augusto, 55.Komiljon Tojiddinov, 70.Abbos G'ulomov, 71.Navro'zbek Iminjonov. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich, 34.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboev, 11.Quvondiq Ro'ziev, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.Toma Tabatadze, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 33.Shohruh Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev.

Ulashish

O'xshash yangiliklar