JANGOVAR DURANG

Toshkentdagi "Olimpik" stadionida bo'lib o'tgan "Paxtakor"-"Neftchi" uchrashuvi kutilmagan natija- durang bilan yakunlandi. Bahsning birinchi yarmida farg'onaliklar raqib darvozasi tomon jiddiy hujumlar uyushtirib, xavfli vaziyatlar vujudga keltirdilar. Lekin, hujumni natija bilan yakunlash imkoni bo'lmadi. Javohir Qahramonov va Effiong Nsungusilar yo'naltirgan to'plarni Vladimir Nazarov qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Ikkinchi bo'limda esa maydon egalari hujumni kuchaytirdilar. "Neftchi" vakillari darvozani daxlsiz saqlashga ko'proq e'tibor qaratdilar. Lekin, raqiblar ham o'z rejalarini amalga oshira olmadilar. Shu tariqa bu uchrashuv 0:0 hisobida jangovar durang natija bilan yakunlandi. Ikkala jamoa ham ochkolarini bittadan ko'paytirib turnir jadvalidagi o'rinlarini o'z holicha saqlab qoldilar. Ishonchimizki komilki, sevimli jamoamiz navbatdagi turda Navoiyning "Qizilqum" futbolchilarini qabul qilib, hujumkor va natijali o'yin namoyish etib o'z muxlislarini quvontiradilar. Superliga 18-turi "Paxtakor" — "Neftchi" 0:0 Toshkent. JAR stadioni. 19:30. Bosh hakam: Temur To'xtasinov Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov VAR: Asker Najafaliev AVAR: Aleksandr Sidorov Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov Nazoratchi: Bobur Haydarov Komissar: Zohir Akromxonov "Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Abdulla Abdullaev, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov, 9. Ibrohim Ibragimov ( 40. Kimi Merk, 80), 22. Umar Adhamzoda (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 62), 30. Otabek Jo'raqo'ziev (17. Doston Hamdamov, 10, (99. Ulug'bek Hoshimov. 80), 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmud Mahamadjonov. Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov, 15. Diyor Ortiqboev, 31. Muhammadali Usmonov,77. Dilshod Saitov, "Neftchi": 45. Akbar To'raev, 4. Boyan Siger, 8. Sardor Abduraimov, 10. Shohro'z Norxonov ( 22. Aziz Omonov,46), 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 29), 21. Muhsin Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 30. Quvrondiq Ro'ziev (55. Manuchehr Safarov, 81), 70. Abbos G'ulomov, 77. Bilol Toshmirzaev, 99. Nsungusi Effiong. Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 14. Xurshid Muxtorov, 23. Diyor Turopov, 28. Behruz Oblaqulov, 33. Shohruh Yoqubjonov, 66. Doniyor Valiev. Ogohlantirish: 25 - Ibrohim Ibragimov, 76 - Abdulla Abdullaev