"FERGANA CUP-2026" GʻOLIBLARI ANIQLANDI !

"FERGANA CUP-2026" GʻOLIBLARI ANIQLANDI
"Neftchi" futbol akademiyasining yopiq maydonida "FERGANA CUP-2026" musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. U-10, U-11 va U-12 yosh toifalari o‘rtasida kechgan bahslar shiddatli futbol va haqiqiy dramalarga boy bo‘ldi. Final uchrashuvlarini kuzatish uchun kelgan muxlislar esa ushbu musobaqadan katta zavq olib, olam-olam unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.
Final uchrashuvlarining natijalari quyidashicha
U-10 toifasi:
Akademiya derbisida "Neftchi" FA-1 jamoasi "Neftchi" FA-2 ustidan yirik 8:3 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
U-11 toifasi:
"Sher" FC va "Ahmadxon" FC o‘rtasidagi uchrashuv asosiy vaqtda 4:4 hisobidagi jangovar durang bilan tugadi. Penaltilar seriyasida esa omad "Sher" FC futbolchilariga kulib boqdi (6:5).
U-12 toifasi:
Farg‘onaning "Neftchi" FA va "Andijon" FM jamoalari o‘rtasidagi vodiy derbisi ham murosasiz kechdi (3:3). Lotereya bahsi hisoblangan penaltilar seriyasida farg‘onaliklar mahorat ko‘rsatib, g‘oliblikni naqd qilishdi (4:2).
Turnirning taqdirlash marosimida Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va "Neftchi" PFK bosh murabbiyi Islombek Ismoilovlar so‘zga chiqishib, yosh futbolchilarni samimiy qutladilar va kelajakda o‘zbek futbolining haqiqiy yulduzlari bo‘lib yetishishlariga tilak bildirdilar.
Tadbir yakunida g‘oliblarga va turli nominatsiya sohiblariga bosh sovrin hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yosh chempionlarni tabriklaymiz!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
"NEFTCHI" U-21 JAMOAMIZ NAZORAT BAHSIDA G‘ALABA QOZONDI
"NEFTCHI" U-21 JAMOAMIZ NAZORAT BAHSIDA "ANDIJON" U-21 USTIDAN G‘ALABA QOZONDI
"FARG‘ONA CAP-2026" TURNIRI START OLDI
"Farg‘ona CAP-2026" turniri start oldi: "Neftchi" akademiyasi jamoalari musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
YOSHLARIMIZ NAZORAT BAHSIDA G‘ALABA QOZONDI
Yoshlarimiz nazorat uchrashuvida gʻalaba qozondi