Yangiliklarga qaytish
Match report

FARG‘ONADAGI BELLASHUVDA G‘OLIB ANIQLANMADI

7-oktabr, 2026·2 min o'qish·3
XURSHID G'IYOSOV

Uchrashuv har ikkala jamoaning faol harakatlari bilan boshlangan bo‘lsa-da, o‘yinda hisobni birinchi bo‘lib mehmonlar ochishdi. O‘ng qanotdan tashkil etilgan tezkor hujumni Rafael Tavares kuchli va aniq zarba bilan yakunlab, mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng farg‘onaliklar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi va raqib jarima maydonchasi atrofida ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Mehmonlar mudofaasiga qilingan tinimsiz bosim 24-daqiqada o‘z samarasini berdi: burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Stipe Peritsa baland sakrab, bosh bilan raqib darvozasiga chiroyli tarzda joylab qo‘ydi – 1:1. Muvozanat tiklangach, farg‘onaliklarning hujumkorligi yanada ortdi. Biroq 36-daqiqada "Xorazm" futbolchilari standart vaziyatdan unumli foydalanishdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni qabul qilib olgan Rafael Tavares o‘zining ikkinchi golini urib, dubl qayd etdi va mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida vakillarimiz bor e’tiborni hujumga qaratib, raqib darvozasini jiddiy qamalga olishdi. Ammo ketma-ket uyushtirilgan xavfli hujumlar va zarbalarga biroz aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim kutilganidek vakillarimizning faol hujumlari bilan boshlandi. Ketma-ket tashkil etilgan xavfli vaziyatlar 62-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi: jarima maydonchasi ichiga yuqorilatib uzatilgan to‘pni Jamshid Iskanderov bosh bilan raqib darvozasiga aniq joylab qo‘ydi – 2:2.
Muvozanat tiklangach ham farg‘onaliklar raqib darvozasiga tinimsiz bosim o‘tkazib, ko‘plab qulay golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq hujumlarni yakunlashda vakillarimizga biroz aniqlik yetishmadi. Bosh hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va uchrashuv jangovar durang bilan yakun topdi

O‘ZBEKISTON  SUPERLIGASI
7 oktyabr  23-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni  soat 19:00
"NEFTCHI"    2:2
"XORAZM"
Gollar: Rafael Tavaresh, 8'(0:1), Stipe Perica, 25'(1:1), Rafael Tavaresh, 36'(1:2), Jamshid Iskanderov, 62'(2:2)

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboyev, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Raximkulov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Vladimir Nazarov

"Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Alibayev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev(34.Farrux Sayfiyev,74'), 7.Abrorbek Ismoilov(71.Bilolxon Toshmirzayev,84'), 9.Xurshid G‘iyosov(8.Vladimir Yovovich,46'), 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Perica(11.Asilbek Jumayev,74'), 22.Alisher Odilov(32.Zoran Marushich,74'), 52.Koffi Kouao

Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 27.Nurbek Sarsenbayev, 30.Rustambek Fomin

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar