"FARG‘ONA CAP-2026" TURNIRI START OLDI

"Farg‘ona CAP-2026" turniri start oldi: "Neftchi" akademiyasi jamoalari musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
"Neftchi" akademiyasi jamoalari musobaqani g‘alaba bilan boshladi.
Farg‘ona shahrida yosh futbolchilar o‘rtasidagi nufuzli "Farg‘ona CAP-2026" turniriga rasman start berildi. Mazkur musobaqa yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning mahoratini oshirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.
Ilk kungi bahslar kutilganidek o‘ta shiddatli, keskin kurashlar va hayajonli vaziyatlarga boy bo‘ldi. Ayni daqiqalarga kelib, musobaqa dasturidan o‘rin olgan dastlabki to‘rt uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi, "Neftchi" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari turnirdagi o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshlab olishdi. Klubning U-11 va U-12 jamoalari raqiblari ustidan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritib, muxlislarini xushnud etdi.
Qayd etilgan rasmiy natijalar:
"Turon"FC U-11 2:5 "Do‘stlik"FC U-11
"Buvayda"FC U-12 5:4 "Quvasoy"SM
"Neftchi"FA U-12 9:1 "Qo‘shtepa"SM
"Neftchi"FA U-11 4:0 "Yozyovon"SM
"Neftchi" PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar
YOSHLARIMIZ NAZORAT BAHSIDA G‘ALABA QOZONDI
Yoshlarimiz nazorat uchrashuvida gʻalaba qozondi
YOSHLARIMIZ O‘ZBEKISTON U-20 TERMA JAMOASIGA CHAQIRILDI
"Neftchi" futbol klubining besh nafar
U-19 CHEPIONATI: BIRINCHI DAVRA YAKUNLANDI
U-19 CHEPIONATI: BIRINCHI DAVRA YAKUNI XISOBOTI