Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"NAVBAHOR" BILAN OʻYINGA TAYYoRGARLIK "ISTIQLOL" STADIONIDA OLIB BORILADI

11-oktabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20221011_132023_259

Xabaringiz bor, sevimli "Neftchi" jamoamiz Superliganing oxirgi 2 ta bahsini Toshkentda oʻtkazib, bitta gʻalaba va durang natijalarga erishgan. Mazkur bellashuvlardan soʻng murabbiylar shtabi tomonidan jamoa aʼzolariga ikki kunlik taʼtil taqdim etilgan edi. Bugun esa vakillarimiz taʼtildan qaytib, 18 oktyabr sanasida boʻlib oʻtadigan vodiy derbisiga tayyorgarlik koʻrish uchun Fargʻonaning muhtasham "Istiqlol" stadionida ochiq mashgʻulotlar jarayonida ishtirok etadilar. Maʼlumot oʻrnida, Vitaliy Levchenko boshchiligida olib boriladigan dastlabki ochiq mashgʻulotlar jarayoni bugun kunning ikkinchi qismida soat 16:00 da boshlanadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar