Yangiliklarga qaytish
Umumiy

U-19 YOSHLAR JAMOAMIZ MAVSUMNI GʻALABA BILAN BOSHLADI

21-aprel, 2026·1 min o'qish
084A6323

Kutilganidek bugungi uchrashuvning birinchi bo‘limi har ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi. Biroq darvozaga xavf solib, o‘yindagi hisobni ochishga birinchi bo‘lib mehmonlar yaqin kelishgandi. Ammo ularning zarbalari noaniq chiqdi. 10-daqiqaga kelib o‘yin nazorati farg‘onaliklarga o‘tdi va ular birin ketin "Yaypan" darvozabosiga bir necha bor zarbalar berishdi. Bu vaziyatlarda zarbalarga mehmonlar posboni to‘sqinlik qildi. 24-daqiqada navbatdagi hujumimiz chiroyli kombinatsiya va gol bilan yakunlandi. O‘ng qanotdan to‘pni qabul qilib olgan Abdusattor Muhammadov darvozani ishg‘ol etib, hisobni ochishga erishdi 1:0. Kiritilgan goldan so‘ng futbolchilarimizda hisobni oshirish uchun qulay imkoniyatlar paydo bo‘lishiga qaramay, birinchi bo‘lim minimal ustunligimiz bilan tugadi. Ikkinchi bo‘lim ham jamoamiz to‘liq ustunligida o‘tdi.Hujumkorlikni kuchaytirgan futbolchilarimiz juda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlarni yaratishdi. Avvaliga Abdusattor Muhammadov, Abdulloxon Alisherov va Yahyo Zuxriddinovlarning yaqin masofadan yo‘llagan zarbalariga darvoza to‘sini yoki himoyachilar to‘sqinlik qilishdi.Lekin hujumkorlikda davom etgan jamoamiz vakillari 82-daqiqada baribir o‘z maqsadlariga yetdilar. Mehmonlar jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatga chiqqan Amirbek Berdiyev kuchli zarba bilan yaypanliklar darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi va yoshlarimiz mavsumni g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldilar. U-19 CHEMPIONATI 21 aprel 1-tur Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni zaxira maydoni soat 17:00 "NEFTCHI" 2:0 "YAYPAN" Bosh hakam: Dostonbek Mirzaraimov Yordamchi hakamlar: Shahboz Vahobjonov, Maqsadjon Esonjonov Zaxira hakami: Sanjarbek Raxmanov Nazoratchi: Sultonbek Zaylobiddinov Komissar: Muhammad Sulton Fozilov Gollar: Abdusattor Muhammadov, 24'(1:0),Amirbek Berdiyev, 82'(2:0) "Neftchi": 31.Sirojiddin Xayitboyev, 48.Muhammadrabbim Abdurayimov, 54.Muzaffarjon Rahmatillayev, 69.Abdusattor Muhammadov, 75.Jasurbek Qurbonov, 85.Abdumajid Jamoliddinov,(41.Yahyo Zuxriddinov,76') 86.Rahmatulla Rahmonaliyev,(47.Abdulloxon Alisherov,58') 89.Islomxon Abduqahhorov, 94.Mirjahon To‘ychiboyev,(36.Amirbek Berdiyev,58') 96.Davlatyor Xojiakbarov,(43.Yahyobek To‘xtashev,76') 98.Nodirbek Madaminov (60.Sardorbek Roziqov, 84') Zaxiradagilar: 35.Saidanvarxon Xabibullayev, 41.Yahyo Zuhriddinov, 43.Yahyobek To‘xtashev, 51.Abdullox Anvarov, 60.Sardorbek Roziqov, 72.Xusniddinbek Akbarov, 95.Azizbek Gʻanijonov Bosh murabbiy: Gʻayratjon Xasanov

Ulashish

O'xshash yangiliklar