Stadionga kirish qoidalari
Istiqlol stadionida xavfsiz va qulay muhitni saqlash uchun barcha tomoshabinlardan quyidagi qoidalarga rioya qilishlarini so'raymiz.
Kirish tartibi
- Stadionga kirish chipta yoki abonement asosida amalga oshiriladi. Chiptangizni o'yin oxirigacha saqlang.
- Darvozalar o'yin boshlanishidan 1.5 soat oldin ochiladi. Tirbandlikni oldini olish uchun oldindan keling.
- Xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘rik (metall detektor) majburiy. Hamkorlik uchun rahmat.
- 14 yoshgacha bolalar faqat kattalar hamrohligida kirishlari mumkin.
Taqiqlangan buyumlar
- Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va ularning ta‘siridagi holatda kirish.
- Pirotexnika, petarda, signal o'tlari, gaz balonchalari va har qanday yonuvchi moddalar.
- Sovuq va o‘qotar qurollar, kesuvchi-teshuvchi narsalar.
- Shisha idishlar, banka va yirik o'lchamdagi sumkalar.
- Klub yoki raqib jamoa sha'niga tegadigan, irqchilik yoki ekstremistik xarakterdagi bayroq va plakatlar.
Xulq-atvor qoidalari
- Boshqa tomoshabinlar va xavfsizlik xodimlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'ling.
- Maydonga har qanday buyum tashlash yoki maydonga tushish qat‘iyan taqiqlanadi.
- Haqorat, tahdid, zo'ravonlik va tartibsizlik intizomiy javobgarlikka, stadiondan chetlatishga olib keladi.
- O'z joyingizda o'tiring va evakuatsiya yo'laklarini band qilmang.
Qoidalarni buzgan shaxslar stadiondan chiqarib yuborilishi va keyingi o'yinlarga kiritilmasligi mumkin. Tushunganingiz uchun rahmat — birgalikda Neftchini qo'llab-quvvatlaymiz!