Shan. Iyun 22nd, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

SUNNATILLO ABDULLAJONOV – MURABBIYLAR HUJUMDA SINAB KO’RISHDI

Jamoamiz hujumkor yarim himoyachisi Sunnatillo Abdullajonov bilan 17 iyul kungi nazorat uchrashuvidan so‘ng, ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonlari haqida o’rtoqlashdik.
Sunnatillo ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechmoqda?
-Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko’rish uchun Toshkentda yig’ildik, o’quv yig’in-mashg’ulotlari davomida ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko’ryabmiz, bosh murabbiy Vitaliy Grigorievich Levchenko qo’l ostida jismoniy holatimizni tiklashga va yangi taktik sxemalarni tadbiq etgan holda mashg’ulotlar o’tmoqdamiz.
Bugungi uchrashuvda (Neftchi 2:1 Zomin) sof hujumchi rolida to’p surdingiz , birinchi davrada esa sizni yarim himoya va qanot yarim himoyachisi sifatida ko’rganmiz?
-To’gri bugungi uchrashuvda murabbiy shu to’xtamga keldi va hujumda sinab ko’rishdi.
Yangi murabbiylar qo’l ostida mashg’ulot o’tkazishga ko’nikdingizmi?
-Yangi bosh murabbiy qo’l ostida mashg’ulotdan oldingi nazariya menga ko’p yordam bermoqda
Ikkinchi davra oldidan muxlislarga nima deya olasiz?
-«Istiqlol” stadioniga ko’chishni muxlislar ham biz ham anchadan beri kutyabmiz, o’zimizda o’ynashimizga hech narsa yetmaydi , muxlislar ham ushbu stadionga ko’proq kelishib bizga dalda bo’lishlari ham yordam beradi degan umiddaman.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Улашинг: