Kecha 17 iyul sanasida jamoamiz navbatdagi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushganligi haqida xabar bergan edik, uchrashuv yakunidan so’ng jamoamiz asosiy darvozaboni Akbar To’raev bilan suhbat uyushtirdik.
Akbarjon, yangi murabbiy qo’l ostida ta’surotlar qanday?
Kuniga ikki mahal mashg’ulot o’tkazilmoqda, kayfiyatlar yaxshi yangi bosh murabbiy jismoniy holatlarga urg’u bergan holda yangi taktik qo’lanmalar bilan futbolchilarni mashg’ulotlarda sinamoqda.
Jamoamizning darvozabonlar murabiyi Farrux Berdiev haqida fikrlaringiz?
10 kun davomida ishlab kelmoqdamiz, ta’surotlar juda yaxshi, o’zining ishiga professional yondashmoqda mashg’ulotlar a’lo darajada ketmoqda.
Nazorat uchrashuvlarida har ikki o’yinda ham darvozamizdan birinchi bo’lib gol o’tkazib yubormoqda bunga sabab nima bo’lishi mumkin?
Nazorat o’rtoqlik o’yinlari shu uchun ham kerak deb hisoblayman, shu orqalik murabbiylar himoya chizig’idagi xatolarni o’rganishadi, lekin umumiy futbolda jamoaga urilgan golda ko’proq darvozabon aybdor hisoblanadi chunki, himoyachiga darvoza yaqinida xavf borligi yoki qayerdadir raqib futbolchisi borligi haqida ogohlatirmagani sabab bo’lishi mumkin.
Ikkinchi davraga muxlislar jamoadan ijobiy natijalar kutishyabdi?
Albatta, muhlislarga stadionga kelib bizga dalda berib turishsa, nima bo’lgan taqdirda ham faqat oldinga chorlab turishsa futbolchilar bor kuchini ishga solib, ularni quvontirishiga va’da beramiz, xozirgi egallab turgan o’rnimiz “Neftchi”ga umuman yarashmaydi, bu uchun ikkinchi davra o’yinlariga yahlit tarkib tuzilmoqda, birinchi davradagi xatolarga ikkinchi davrada yo’l qo’ymaslikka harakat qilamiz, bundan tashqari jamoamiz “Istiqlol” stadioniga qaytyotganimiz bizga katta motivatsiya beradi aytishadiku “Uyda devorlar ham yordam beradi” deb, birinchi davrada yig’a olmagan ochkolarimizni ikkinchi davrada yig’ishga harakat qilamiz, qisqa qilib aytganda jo’jani kuzda sanaymiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
«NЕFTCHI» AFSONALARI TASHRIF BUYURISHDI
O‘RINBOSARLAR JAMOAMIZ MAG‘LUB BO‘LDI
SAFARDA DURANG