Superliganing 3-tur uchrashuvlari doirasida sevimli «Neftchi» jamoamiz «Andijon»ni qabul qiladi. Vodiy derbisi maqomida bo‘lib o‘tadigan ushbu bellashuv yigitlarimiz uchun muhim sinov vazifasini o‘taydi. Qo‘shnilarimiz birinchi turda yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsalarda, ikkinchi turda mag‘lubiyatga uchradilar. Shu bois, andijonliklar vodiy derbisiga juda katta hozirlik bilan kelishmoqda. Shuni hisobga olib bugungi o‘yin murosasiz va qiziqarli o‘tishini taxmin qilishimiz mumkin.
Statistik ma’lumot:
«Neftchi» hamda «Andijon» jamoalari Superliga doirasida shu kunga qadar 53 ta rasmiy uchrashuvda kuch sinashgan. Bularning 35 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda murosa ko‘chasi tanlangan va 10 ta o‘yinda andijonliklarning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 101-45 «Neftchi» foydasiga.
Eng yirik g‘alaba:
13.07.1994
«Neftchi»-«Andijon» 7:1
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
05.10.2025
«Neftchi»-«Andijon» 2:0
12.05.2024
«Neftchi»-«Andijon» 2:2
31.08.2023
«Neftchi»-«Andijon» 0:0
15.12.2020
«Neftchi»-«Andijon» 1:3
19.08.2016
«Neftchi»-«Andijon» 1:2
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi»-«Andijon» uchrashuvida Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi faoliyat olib boradi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Bugungi uchrashuvda yigitlarimizga kuch-iroda, o‘z tajriba va mahoratlarini to‘liq namoyish etgan holda farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan xursand etishlarini tilaymiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
