"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«XORAZM» – «NEFTCHI» PREVYU

Bugun Superliganing 9-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli «Neftchi» jamoamiz Urganch shahrida «Xorazm» klubi bilan kuch sinashadi.

Statistik ma’lumot:
«Xorazm» va «Neftchi» jamoalari O‘zbekiston Superliga musobaqalari doirasida shu kunga qadar 18 marta rasmiy uchrashuvlarda o‘zaro to‘qnash kelishgan.Ushbu to‘qnashuvlarda «Xorazm» 2ta o‘yinda g‘alaba qozongan,3ta bahsda durang qayd etilgan va 13ta bellashuvda «Neftchi»ning qo‘li baland kelgan.Kiritilgan va o‘tkazilgan to‘plar nisbati 13-56 farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
23.09.2006.
«Xorazm»-«Neftchi»  2:8
30.11.2025.
«Xorazm»-«Neftchi»  2:0

Urganchda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari:
30.11.2025.
«Xorazm»-«Neftchi»   2:0
25.09.2010.
«Xorazm»-«Neftchi»   2:1
20.10.2009.
«Xorazm»-«Neftchi»   0:0
23.09.2006.
«Xorazm»-«Neftchi»   2:8
13.05.2000.
«Xorazm»-«Neftchi»   1:1

Eslatib o‘tamiz, «Xorazm»-«Neftchi» bahsini Gʻayrat Jo‘rayev bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Uchrashuv Urganch shahridagi «Xorazm» sport majmuasi maydonida soat 19:00da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda futbolchilarimizga omad yor bo‘lishini va quvonchli natija bilan ko‘p sonli muxlislarimizni mamnun etib qaytishlarini tilab qolamiz.

Улашинг: