🟢“Neftchi” – 🔵“Andijon” uchrashuviga chiptalar savdosi 9-mart soat 09:00dan boshlab, rasman boshlanadi.
Xabaringiz bor, 10-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 3-turi doirasida sevimli jamoamiz “Neftchi” Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida vodiy derbisida “Andijon” jamoasini qabul qiladi.
🔥 Vodiy futbolining eng qizgʻin qarama-qarshiliklaridan biri hisoblangan ushbu uchrashuv keskin kurashlarga boy oʻtishi kutilmoqda. Maydondagi har bir lahza, har bir epizod muxlislar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanishi shubhasiz.
🎟 Chiptalar narxi: 40 000 soʻm.Chiptalarni “Istiqlol” stadioni kassalari, shuningdek Marg‘ilon shahrida — “Ansor” oshxonasi oldida hamda Dehqon bozori hududida.
Farg‘ona shahrida esa Dehqon bozori va “Savdo majmuasi” hududida (2 ta joyda), “Korzinka” savdo majmuasida, San’at saroyida hamda “Flagman” savdo majmuasida chiptalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. 🎟️
Mehmon jamoa muxlislari uchun ajratilgan sektor chiptalari 10-mart kuni “Istiqlol” stadioni hududidagi maxsus kassada sotuvga chiqariladi.
Mehmon jamoa ishqibozlari chiptalarni aynan shu kassadan xarid qilishlari mumkin. 🎟️
💛Vodiy derbisida tribunalarni toʻldiraylik, jamoamizni qo’llab-quvvatlaylik!
BIZ BIRGALIKDA KUCHLIMIZ!
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
