"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

«NEFTCHI» – «QO‘QON-1912»  PREVYU

Superliga chempionatining Farg‘ona derbisi maqomiga ega bo‘lgan 10-tur uchrashuvida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi «Neftchi» jamoamiz «Qo‘qon-1912» klubi bilan kuch sinashadi.

Statistik ma’lumot:
O‘zbekiston Superliga musobaqalari doirasida «Neftchi» hamda «Qo‘qon-1912» jamoalari shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan. Bularning 21tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozongan,5ta o‘yinda durang natija qayd  etilgan  va 6ta o‘yinda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 75-40 «Neftchi» foydasiga

Eng yirik g‘alabalar:
16.10.1999.
«Qo‘qon-1912»-«Neftchi» 1:6
26.08.2017.
«Qo‘qon-1912»-«Neftchi» 3:1

Jamoalarning Farg‘onada bo‘lib o‘tgan oxirgi besh uchrashuv natijasi:
14.03.2025.
«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 0:0
02.03.2022.
«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:0
29.11.2018.
«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 0:2
17.08.2018.
«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:0
31.03.2017.
«Neftchi»-«Qo‘qon-1912» 1:2

Eslatib o‘tamiz,Superliganing 10-tur doirasidagi «Neftchi»-«Qo‘qon-1912» bellashuvini Olim To‘ychiboyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv «Istiqlol» stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Bugungi bellashuvda yigitlarimizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini,ko‘p sonli muxlislarimizni quvonchli natija bilan mamnun etishlarini tilab qolamiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: