Kutilganidek,bugungi uchrashuv to‘liq jamoamiz ustunligida o‘tdi.Birinchi bo‘lim boshidanoq o‘yindagi tashabbusni qo‘lga olgan yigitlarimiz ketma ket va bir biridan chiroyli hujumlarni tashkil etdilar.Bu sa’y harakatlar 17-daqiqada gol bilan yakun topdi 1:0.Ko‘p o‘tmay 20-daqiqada kombinatsion hujum va ikkinchi gol Zoran Marushichga yozildi 2:0.Hujumlar ketma ketligi natijasida 29-daqiqada Vladimir Yovovich bu safar uchinchi golni o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muyassar bo‘ldi 3:0.Shu tariqa birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limni ham faollikda boshlagan jamoamiz mehmonlarning 48-daqiqada tashkil etgan qarshi hujumini bartaraf etishda xatolikka yo‘l qo‘ydi va yakunda gulistonlik Shohnazar Norbekov o‘rtadagi farqni qisqartirdi 3:1. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgandan so‘ng sahnaga yana Zoran Marushich chiqdi.Uning jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilarini chiroyli tarzda aldab o‘tib to‘pni darvozaga kiritgani taxsinga loyiq ko‘rildi 4:1.Goldan ruhlangan futbolchilarimiz 59-daqiqada navbatdagi to‘pni kiritib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga olib kelishdi. Bu vaziyatda yosh va mohir hujumchimiz Asilbek Jumayev golga mualliflik qildi.68-daqiqada navbatdagi gol kiritildi. Bu safar ham Asilbek Jumayev golga mualliflik qilib,o‘z hisobiga dublni yozib qo‘ydi 6:1.Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham jamoamiz ko‘plab golli vaziyatlarni amalga oshirdi. Lekin yo‘llangan zarbalarimizga aniqlik yetishmadi va bellashuv yirik 6:1 hisobida yakunlandi.
O‘zbekiston kubogi-2026
«D» guruhi 1-tur
Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni
11-may soat 19:00
«NEFTCHI» 6:1 «GULISTON»
Gollar: Xurshid G‘iyosov,17′ (1:0), Zoran Marushich,20′ (2:0), Vladimir Yovovich,29′ (3:0), Shohnazar Norbekov,48′ (3:1), Zoran Marushich, 53′(4:1), Asilbek Jumayev, 59′(5:1), Asilbek Jumayev, 68′(6:1)
Bosh hakam: Akmal Rahimov
Yordamchi hakamlar: Farrux Bekmurodov, Abdulhamid Abduraimov
Zaxira hakami: Nikita Mustafin7
Nazoratchi: Shuhrat Hakimov
Komissar: Jalolhon Inog‘omxo‘jayev
«Neftchi»: 45.Akbar To’rayev, 4.Bojan Ciger(19.Azizbek Erimbetov72), 5.Ikrom Aliboyev(23.Jovan Jokich,72), 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Jovovich(18.Stipe Perica,72), 9.Xurshid G’iyosov, 11.Asilbek Jumayev, 20.Anvarjon G’ofurov (28.Muhammadqodir Rasuljonov,46) 21.Muhsin Ubaydullayev, 30.Rustambek Fomin, 32.Zoran Marushich(77.Jurani Fransisko,72 )
Zahirada:
13.Abdumo’min Nurmuhammadov
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
