Joriy yilning 10–20 may kunlari Tojikistonda CAFA U-20 Championship musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli turnirda Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi 🇺🇿 O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etadi.
Musobaqa yagona davra tizimida tashkil etilib, CAFAga a’zo davlatlar o‘zaro kuch sinashadi. Turnir davomida 10 ta shiddatli va murosasiz uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnirga jamoamizdan bir qator futbolchilar jalb etildi:
🧤 Ibrohim Shokirov
⚽ Nurmuhammad Abdug’aniev
⚽ Azizbek Erimbetov
⚽ Nurbek Sarsenbayev
Shuningdek, yana bir futbolchimiz Azizbek Muratov Tojikiston 🇹🇯U-20 terma jamoasi safida ushbu musobaqada ishtirok etadi.
🔥 Yigitlarimizga omad tilaymiz!
🇺🇿 Neftchi – har doim terma jamoa bilan!
«Neftchi» PFK matbuot xizmati


