Yoshlar ligasi doirasida Olmaliqda kechgan 11-turning OKMK-«Neftchi» bellashuvi futbolchilarimizning faolligi bilan boshlandi.Lekin hisobni 6-daqiqada mezbonlar ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Olmaliqlik Faridjon Abdullaev olis masofadan kuchli zarba bilan darvozamizga to‘p kiritib,gol muallifiga aylandi 1:0.O‘tkazib yuborilgan golga qaramay yigitlarimiz hujumkorlikni kuchaytirib, mezbonlar darvozasi oldida anchagina xavfli vaziyatlarni yaratdilar va darvozaga ko‘plab zarba berdilar.Lekin ushbu zarbalarga aniqlik yetishmadi,ba’zi vaziyatlarda esa raqiblar posboni zarbalarni qaytarishga erishdi. 37-daqiqaga kelib futbolchilarimiz o‘yindagi muvozatni tikladilar.Bu vaziyatda Omadillo Abdubannobov burchakdan oshirib berilgan to‘pga sakrab, boshi bilan zarba yo‘lladi va raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi 1:1.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi. Xavfli vaziyatlarni yaratish va zarbalarni berish borasida vakillarimizda biroz ustunlik ham bor edi.Ammo qulay imkoniyatlardan foydalanish jarayonida mezbonlarga omad kulib boqdi va ular bu imkoniyatlardan 61 va 90+3-daqiqalarda unumli foydalanib, yakunda 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
U-21 BIRINCHILIGI 11-tur
OKMK stadioni zaxira maydoni
2 may soat 17:00
OKMK 3:1 «NEFTCHI»
Gollar: Faridjon Abdullayev, 6′(1:0), Omadillo Abdubannobov, 37′(1:1), Elbekjon Yo‘lchiyev, 61′(2:1), Hazratjon Tursunqulov, 90+3′(3:1)
Bosh hakam: Nikita Mustafin
Yordamchi hakamlar: Maqsat Baratov, Nurken Urazbayev
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Sarvar Holmedov
«Neftchi»U-21: 16.Ibrohim Shokirov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev,17.Azizbek Muratov, 25.Omadillo Abdubannobov, 27.Nurbek Sarsenbayev(80.Albert Nurullayev,87), 28.Muhammadqodir Rasuljonov, 29.Yahyoxon Isaqov(78.Mujohidbek Olimov, 87), 37.Javohir Maxmudov(40.Abdullox Rashidov, 87), 44.Muminxon Baxodirxonov, 79.Asilbek To‘xtasinov(90.Dilshodbek Sharofiddinov,88), 97.Mirjalol Abdurahimov
Zaxiradagilar: 13.Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 42.Muhammadsoxib Tursunov, 61.Shohruhbek Rahmonaliyev, 66.Hasanboy Umirzaqov, 72.Xusniddinbek Akbarov
Bosh murabbiy: Roman Sanjar
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
