Sevimli «Neftchi» jamoamiz Superliganing 11-tur bahsida Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi.
Statistik ma’lumot:
OKMK jamoasi bilan «Neftchi» futbol klubi Superliga chempionati doirasida shu kunga qadar 32 marta rasmiy uchrashuvlarda raqobatlashgan bo‘lib,ushbu bellashuvlarda OKMK 8 marta g‘alaba qozongan, 9ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 15ta bahsda «Neftchi» ustunlik qilgan.Kiritilgan va o‘tkazilgan to‘plar nisbati 41-54 farg‘onaliklar foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
08.15.2006.
OKMK-«Neftchi» 3:0
14.09.2013.
«Neftchi»-OKMK 4:0
Olmaliqda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
19.05.2025.
OKMK-«Neftchi» 2:2
28.102024.
OKMK-«Neftchi» 1:2
26.08.2023.
OKMK-«Neftchi» 1:1
27.05.2022.
OKMK-«Neftchi» 3:1
15.09.2018.
OKMK-«Neftchi» 0:1
Eslatma:Olmaliq shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladigan OKMK-«Neftchi» uchrashuvini Axrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Bellashuv soat 17:00da boshlanadi.
Bugungi bellashuvda jamoamizga omad va g‘alaba yor bo‘lishini, farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan mamnun etishlarini tilab qolamiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
