Olmaliqdagi uchrashuvning birinchi bo‘limi jamoamizning ustunligida o‘tdi.Lekin golni kiritish imkoniyati mezbonlarda paydo bo‘ldi.Chap qanotdan jarima maydonchamiz ichiga uzatilgan to‘pga yetib kelgan Urosh Koyich boshi bilan zarba berdi.Botirali Ergashev bu zarbani chiroyli seyv orqali qaytardi. Shundan so‘ng gol kiritish navbati farg‘onaliklarga o‘tdi.Avval Stipe Perisa qulay imkoniyatdan bergan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.To‘rt daqiqadan so‘ng yana Perisa boshi bilan zarba berdi va yana darvozabon qaytarishga ulgurdi.Bunday vaziyatlar keyinchalik Yovan Jokichda, Abrorbek Ismoilovda, Jamshid Iskanderovda va Stipe Perisalarda paydo bo‘ldi. Ammo ularning zarbalarini mezbonlar qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.Tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan olmaliqliklar burchak zarbasini ishlab olib, uzatmani amalga oshirdilar. To‘pni qabul qilib olgan Avazbek O‘lmasaliyev darvozamizga zarba yo‘lladi. Ammo uning zarbasi noaniq chiqdi.60-daqiqada Abrorbek Ismoilovda qulay imkoniyat va kuchli zarba.Bu vaziyatda mezbonlar posboni to‘pni qaytardi.O‘yinda ustunlikka erishgan futbolchilarimizning ko‘p sonli hujumlaridan birida Zoran Marushichda hisobni ochish imkoniyati yuzaga keldi. Ammo uning zarbasini darvozabon katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi.Zaxiradan maydonga tushgan Hurshid Gʻiyosovda ham gol urish imkoniyati samara bermadi. Uning zarbasini ham mezbonlar posboni qaytarishga muyassar bo‘ldi.Katta bosim va katta ustunligimizda kechgan ikkinchi bo‘limda juda ko‘plab golli vaziyatlarni yaratdik. Ammo ushbu o‘yinda mezbonlar posboni ko‘p hollarda xavfni bartaraf etib, darvoza daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.Kuchli yomg‘ir va ustunligimizda kechgan bellashuvda durang natijasi qayd etildi 0:0.
Superliga. 11-tur
OKMK 0:0 «Neftchi»
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shayusupov, Akmal G‘iyosov
Zaxira hakami: Nikita Mustafin
VAR: Jasur Muxtarov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Abdulvisidxon Valixonov
«Neftchi«: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 7.Abrorbek ismoilov (11.Asilbek Jumayev,80), 10.Jamshid Iskanderov (5.Ikrom Aliboyev,80), 18.Stipe Peritca (32.Zoran Marushich, 46), 20.Anvarjon G‘ofurov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G‘iyosov,71), 23.Jovan Jokich, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Jurani Fransisko Ferreira (8.Vladimir Yovovich, 63)
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 14.Daler Tuxsanov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 30.Rustambek Fomin
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
