Oʼzbekistonning eng yaxshi mutaxassislardan biri, oʼz vaqtida qator Oʼzbek va Yevropa futbol klublarida toʼp surgan, Oʼzbekiston, Rossiya va Qozogʼiston chempioni , bir mavsumdagi gollar hisobi boʼyicha Oʼzbekiston chempionati rekordchisi (45ta gol) Nilton Mendez toʼpurarlar klubi aʼzosi hisoblangan Jafar Tursunbaevich Irismetov 2017-2022 yillar davomida Toshkentning «Paxtakor» jamoasida sport direktori lavozimida samarali faoliyat olib borgan, ushbu yillarda «Paxtakor» jamoasi toʼrt bora mamlakat chempioni boʼlishiga katta hissa qoʼshgan. Jafar Tursunbayevich «Neftchi» PFK rahbariyati qaroriga binoan klub bosh menejeri lavozimida ish boshladi.
Shu oʼrinda Jafar Tursunbaevichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz»
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
Бошқа хабарлар
TOMA TABATADZE: «MAQSADIM CHEMPION BOʻLISH»
ZORAN MARUSHICH: «MUXLISLAR BILAN HAMJIHAT BO‘LSAK»
G‘IYOSOVNING ORZUSI CHEMPIONLIK!