O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida muhim sinov — FIFA Jahon chempionati (11 iyun – 19 iyul) turibdi. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz 6-maydan boshlab Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi.
Shuningdek, jamoa 26-maydan e’tiboran Kanada va AQShda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
⚡️ Ushbu yig‘in va uchrashuvlar uchun “Neftchi” klubidan quyidagi futbolchilar terma jamoaga jalb etildi:
⏺Botirali Ergashev
⏺Farrux Sayfiyev
⏺Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
⏺Alisher Odilov
⏺Jamshid Iskanderov
💛🖤 Omad tilaymiz, yigitlar!
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
