Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ZOIR JOʻRABOEV:  "KELGUSI MAVSUMDA BUNDAM YaXShI NATIJAGA ERIShIShIMIZGA IShONAMAN"

5-dekabr, 2023·2 min o'qish
084A5401

Yaqinda jamoamiz bilan shartnomasini uzaytirgan tajribali ximoyachi Zoir Joʻraboev bilan mavsum yakunlari boʻyicha fikrlari bilan qiziqdik. Eʼtiboringizga klub matbuot xizmati tomonidan Zoir Joʻraboev oʻrtasidagigi intervyuni taqdim etamiz. -Zoirjon avvalo jamoamiz bilan shartnoma imzolaganligingiz bilan tabriklaymiz. Yangi shartnomani tuzishda koʻproq nimalar turtki boʻldi? -Tabrik uchun rahmat. Shartnomamni uzaytirishimga asosiy sabablardan biri, avvalambor jamoadagi murabbiylar shtabi, futbolchilar va xodimlar bilan juda ham yaxshi munosabatdaligim. Shuningdek , Fargʻona shahriga koʻnikib qolganligim sabab boʻla oladi. Bundan tashqari klub yangi mavsumda oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻymoqda. Bu albatta keyingi yilda jamoada qolishimga turtki boʻldi. -Aytingchi, "Neftchi" uchun mavsum qanday oʻtdi? -Yaxshi oʻtdi deb oʻylayman,lekin, bundan ham yaxshi oʻtishi mumkin edi.Birinchi davradan soʻng chempionlik uchun kurashmoqchi ham boʻldik, biroq ayrim xatolar bunga yoʻl bermadi.Ammo soʻnggi oʻyinlardagi gʻalabalar mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatishimizga sabab boʻldi deb oʻylayman. -Superliga musobaqasida jamoamiz eng kam gol oʻtkazgan klublardan biri hisoblanadi. Bu holatga qanday qaraysiz? -Bu albatta yoqimli holat, ayniqsa himoyachilar uchun. Lekin bilasizmi biz ushbu koʻrsatkich boʻyicha birinchi boʻlmoqchi edik. Xudo xohlasa yangi mavsumda ushbu koʻrsatkichni yaxshilashga harakat qilamiz. -Jamoamiz safida debyut mavsum oʻtkazdingiz, shunga qaramay jamoamiz safidagi barqaror oʻyin oʻtkazgan va maydonda eng koʻp harakat qilgan futbolchilardan biri boʻldingiz? Oʻzingizdan shunday debyut kutganmidingiz? -Jamoaga yangi kelganimda tarkibdagi raqobatni koʻrdim, himoyada tajribali ijrochilar yigʻilgan. Oʻzimda ham ishonch bor edi.Toʻgʻrisini aytsam, oʻzim kutganimdan koʻproq mavsumni oʻtkazdim. -Mavsum davomidagi eng esda qolarli uchrashuvlar haqida gapirib bersangiz? -Eng esda qolarli uchrashuvlar albatta amaldagi Oʻzbekiston chempioni "Paxtakor" jamoasini ham uyda ham safarda magʻlub qila olganimizdir. Shuningdek, "Nasaf" va "Navbahor" jamoalariga qarshi uchrashuvlar ham ancha qiziqarli kechdi. -Tojikiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibdagi eng oʻzgartirib boʻlmas futbolchisiga aylandingiz. Nima deb oʻylaysiz, terma jamoangiz bu yil jahon chempionatining saralash oʻyinlarini qanday oʻtkazmoqda? -Terma jamoada juda yaxshi tarkib yigʻilgan va biz oʻzimizga ishonamiz, guruhimizda raqiblarimizdan Saudiya Arabistoni, Iordaniya kabi kuchli termalar yigʻilgan boʻlishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilib qoʻyganmiz. -Bu yilgi muxlislik haqida gapirsangiz va muxlislarimizga tilaklaringizni bildirsangiz? -"Neftchi" jamoasi muxlislari mavsum davomida bizni uyda ham safarda ham doimiy ravishda qizgʻin qoʻllab-quvvatlab turishdi. Umuman olganda yaxshi mavsum oʻtkazdik va ushbu koʻrsatchkichlarni qayd etishimizga ularning hissasi juda katta. Kelgusi yilda muxlislar bilan bundan ham yaxshi natijalarga erishishimizga ishonaman! 🌲"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar