Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YANA OMAD BIZDAN YUZ O'GIRDI

19-may, 2024·2 min o'qish
IMG_20240520_175409_594

Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuvda mamlakatimizning ikki azaliy yetakchi jamoalari bellashdi. "Neftchi" futbolchilari ham o'yin oxirigacha maydon egalari bilan tengma-teng olishdilar. Faqat uchrashuvning asosiy qismiga qo'shib berilgan daqiqalarda darvozani qo'riqlashdagi xushyorlik pasayganday bo'ldi. Bundan foydalangan "Navbahor" legioneri himoyachisi Filip Ivanovich boshi bilan darvozaga aniq zarba yo'llab, o'yin taqdirini hal etgan gol egasiga aylandi.Vakillarimiz sanoqli daqiqalar davomida mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun yoppasiga hujumga zo'r bergan bo'lsalarda bu urinish natija bermadi. Namanganlik futbolchilar ochkolar sonini 15 taga yetkazib, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib qoldilar. Vitaliy Levchenko shogirdlariga Olmaliqning OKMK jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvda xushyorlikni oshirib, "Neftchi"ning g'olibona yurishini izchil davom ettirish va muxlislar ishonchini oqlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlarini tilaymiz. Superliga 8-tur "Navbahor" – "Neftchi" 1:0 19 may. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00 Bosh hakam: Aziz Asimov Qanot hakamlari: Avaz Abdullaev, Oybek Kalaxo'jaev Zaxira hakami: Farruh Yansupov VAR: Rustam Lutfullin AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov Nazoratchi: Konstantin Smirnov Komissar: Shohruh Said Gol: 1:0 — 90+4, Filip Ivanovich (Ruslanbek Jiyanov) "Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 66), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 90+7) Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 8. Siyavash Haqnazari, 19. Sherzodbek Abdulboriev, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulhaev, 33. Shodiyor Shodiboev, 71. Navro'zbek Iminjonov. "Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (11. Javohir Qahramonov, 70), 8. Katalin Karp, 10. Shohruz Norxonov (77. Bilolxon Toshmirzaev, 46), 18. Mixai Roman (99. Nsungusi Effiong, 64), 20. Anvarjon G'ofurov (s), 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Diyorjon Turopov (9. Husayn Norchaev, 65), 55. Manuchehr Safarov, 70. Abbosjon G'ulomov (14. Xurshidbek Muxtorov, 84) Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Jaloliddin Jumaboev, 4. Boyan Siger, 17. Sanjar Qodirqulov. Ogohlantirishlar: Mixai Roman (59), Jasur Jaloliddinov (59), Katalin Karp (67), Farruh Sayfiev (69), Nsungusi Effiong (85), Samvel Babayan (86).

Ulashish

O'xshash yangiliklar