Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZGA OMAD YeTIShMADI!

20-fevral, 2024·1 min o'qish
IMG_20240220_204725_226

ANDIJON VILOYaTI "HOKIM KUBOGI-2024" Andijon viloyat hokimi kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan "Neftchi"U21 futbolchilari qator raqiblarini yengib finalga yetib borgan edilar. Hal qiluvchi uchrashuvda ularga Qirgʻiz Respublikasining" Talant" jamoasi bilan bellashishga toʻgʻri keldi. Qor yogʻib, maydonda harakat qilishga tabiiy qiyinchiliklar halaqit bergan bir vaziyatda yigitlarimiz gʻalaba qozonish uchun astoydil kurashdilar. Lekin, bu uchrashuvda mehmonlarning shiddati va mahorati ancha ustun ekanligi oʻz natijasini koʻrsatdi. Ular "Neftchi" darvozasiga har ikkala boʻlimda bittadan toʻp kiritib, gʻalabani ilib ketdilar. Oʻrinbosarlarimizga esa omad yetishmadi. Shu tariqa bosh sovrin-Andijon viloyati hokimining kubogi qirgʻizistonlik futbolchilarga nasib etdi. Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi" U21 jamoamizni Andijon maydonlarida 5ta gʻalaba qozonib, finalgacha yetib borganliklari va oʻziga xos ajoyib oʻyin namoyish etganliklari bilan tabriklaymiz va yaqinlashib kelayotgan mamlakat birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. "Neftchi"U21- "Talant"(Qirgʻiz Respublikasi) 0:5 "Neftchi"U21: 1.Husniddin Neʼmatov 67.Mirshavkat Miryoqubov 34.Habib Sharipov 71.Nodir Ahmadjonov 55.Omadillo Abdumannopov 63.Elbek Foziljonov 29.Afzal Zokirov 76.Muhammadali Xolmatov 91.Shohruh Yoqubjonov 43.Abdulaziz Salohiddinov 30.Miraziz Muhammadaliev Zaxirada: 21.Islom Gʻoyipov 88.Fahriddin Muhammadov 25.Dilshod Erkinov 99.Abdulloh Erkinov 75.Odil Nabiev 96.Hasan Umirzoqov 60.Muhammadziyo Adhamjonov 99.Mujohidbek Olimov 80.Ibrohim Musinjonov Bosh murabbiy: Aziz Alijonov

Ulashish

O'xshash yangiliklar