Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZDAN YIRIK GʻALABA

19-iyul, 2023·1 min o'qish
IMG_20230720_092540_006

Yoshlar ligasining ikkinchi davra bahslariga puxta hozirlik koʻrayotgan "Neftchi" (U-21) jamoamiz FarDU stadionida namanganlik tengqurlari bilan oʻrtoqlik bellashuvida kuch sinashdi. Qiziqarli oʻtgan ushbu uchrashuvda Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi oʻrinbosarlarimiz yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldilar. Jamoamizdan gollarga Azamat Tolibjonov, Muxammadali Xolmatov va ikki bor Abdulaziz Salohiddinovlar mualliflik qilishdi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar