Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLARIMIZDAN ISHONCHLI G'ALABA!

9-may, 2024·1 min o'qish
IMG_20240509_213936_669

Bugun U-19 birinchiligining 5-tur bahsida Iqbol Akramov shogirdlari Namangan viloyatiga tashrif buyurib, "Navbahor" U-19 jamoasi bilan kuch sinashdilar. Birinchi bo'lim tengkurashlar ostida kechdi va hisobda oldinga chiqib olish uchun har ikkala jamoa vakillarida ham imkoniyatlar vujudga kelgan edi. Ammo, tanaffusga futbolchilar durang 0:0 natijasi bilan yo'l oldilar. Ikkinchi bo'lim ham ancha shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Birin-ketin qarshi hujumlarni tashkil etgan raqiblar darvozabonlarni ancha ter to'kishlariga majburladi. Lekin hisobning ochilishiga Iqbol Akramov shogirdlarining mohirona kombinasiyasi turtki bo'ldi. Chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan vakilimiz to'pni qulayroq vaziyatda turgan Xusanboy Umirzoqovga uzatdi va futbolchimiz bunday imkoniyatdan ustalik bilan foydalanib, mezbonlar darvozabonini dog'da qoldirdi 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng namanganlik yoshlar hisobni tenglashtirishga katta kuch sarflab oldinga zo'r berishdi. Ammo, barcha urinishlari samara bermadi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Muxammad Ali Tulanov uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritib, o'yinga nuqta qo'ydi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi 0:2. Shu tariqa, yoshlarimiz safarda o'tkazgan navbatdagi bellashuvini ham g'alaba bilan yakunlab, ochkolar sonini oltitaga yetkazdilar va turnir jadvalidagi o'rinlarini biroz mustahkamlab olishga erishdilar. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan yoshlarimizga keyingi bellashuvlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. U19 CHEMPIONATI "NAVBAHOR" U-19 - "NEFTCHI" U-19 0:2 "Neftchi"U-19: 67.Sirojiddin Xayitboev 37.Javohirbek Maxmudov 39.Ibroximjon Mo'sinjonov 40.Mirshavkat Miryoqubov 42.Muxammadsoxib Tursunov 47.Muxammadjon Toirjonov 52.Mujoxidbek Olimov 54.Xasanboy Umirzoqov 57.Sanjarbek Maxsudbekov 90.Omadillo Abdumannobov 93.Xusanboy Umirzoqov Zaxirada: 31.Bunyodjon Inomov 46.Saidafzalxon Maxmudov 48.Abdulloxon Alisherov 64.Javohirbek Ismoilov 69.Samandar G'iyosiddinov 72.Muxammad Ali Tulanov 91.Alixon Abdulxaev 96.Asadbek Muxamedjanov Bosh murabbiy: Iqbol Akramov

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_734-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213924_247-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_641-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_529-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_501-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_952-300x231.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_747-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_378-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213923_533-300x269.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213936_669-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240509_213936_125-300x284.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar