Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSNLARIMIZDAN IRODALI G'ALABA!

16-may, 2024·2 min o'qish
084A8710

U-19 chempionati 6-tur doirasida FarDU stadionida bo'lib o'tgan bahsda Iqbol Akramov shogirdlari "Olimpik" U-19 jamoasini qabul qildilar. Uchrashuvning boshlanish qismi tengkurashlar ostida kechgan bo'lishiga qaramay, hisobni mehmonlar ochishga muvaffaq bo'lishdi. 21-daqiqada toshkentlik Yaxyoxon Isakov jarima maydonchasi ichida himoyachilarimizni ortda qoldirib kuchli zarba bilan darvozamizni aniq nishonga oldi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi 0:1. Shundan so'ng futbolchilarimizda nafaqat hisobni tenglashtirish, balki oldinga chiqib olish uchun ham bir qancha qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo, bu vaziyatlarda "Olimpik" posboni mahorat ko'rsatib hamma urinishlarimizni yo'qqa chiqardi. Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan hujumga tashlangan toshkentliklar 46-daqiqadayoq hisobni oshirib ketishga muyassar bo'lishdi. Ushbu vaziyatda esa poytaxtlik Og'abek Eshmamatov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, aniq zarba bilan darvozabonimizni dog'da qoldirib ketdi 0:2. O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng o'yinda tub burilish yasash uchun yoshlarimizga endi ikki hissa bilan kuch sarflash darkor bo'ldi va yigitlarimiz buni a'lo darajada uddalashdi. 57-daqiqada Omadillo Abdumannobov, 81-daqiqada Muhammad Ali Tulanov va qo'shib berilgan 90+(1) daqiqada Muhammadjon Toirjonovlar bir biridan chiroyli gollar kiritib, uchrashuvda kambekni amalga oshirishdi va yakunda 3:2 hisobida irodali g'alabani tantana qilishdi. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan bugungi o'yinda barcha imkoniyat va mahoratlarini ishga solib, matonat ko'rsatgan yoshlarimizga qiziqarli bahs uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi uchrashuvlarda ham g'olibona yurishlariga omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. U-19 CHEMPIONATI 6-TUR "NEFTCHI" U-19 - "OLIMPIK" U-19 3:2 "Neftchi"U-19: 12.Islomjon Gaipov 37.Javohirbek Mahmudov 38.Toxirbek Nabiev 40.Mirshavkat Miryoqubov 42.Muxammadsoxib Tursunov 46.Saidafzalxon Mahmudov 47.Muhammadjon Toirjonov 54.Hasanboy Umirzoqov 57.Sanjarbek Maxsudbekov 90.Omadillo Abdumannobov 91.Alixon Abdulxaev Zaxirada: 67.Sirojiddin Xaitboev 31.Bunyodjon Inomov 39.Ibroximjon Mo'sinjonov 64.Javohirbek Ismoilov 69.Samandar G'iyosiddinov 72.Muhammad Ali Tulanov 92.Abduqahhor G'afforaliev 93.Husanboy Umirzoqov 96.Asadbek Muxamedjanov Murabbiy: Iqboljon Akramov "Olimpik" U-19: 32.Jahongir Bo'riev 6.Ozodbek Ibodullaev 14.Abdulvosid Maxmudov 27.Og'abek Eshmamatov 30.Oybek Urmonjonov 33.Adam Prisyajnyuk 34.Sardor Jamolov 38.Saidqodir Botirxo'jaev 42.Yaxyoxon Isaqov 60.Asliddin Obidjonov 61.Shaxriyor Rustambekov Zaxirada: 12.Zikrullox Hotamjonov 24.Akmal Axtamov 50.Abduaziz Abduraimov 58.Muxammad Ali Abrorov 69.Ibrohim Sagdullaev Murabbiy: Doniyor Usmanov

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8674-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8675-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8677-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8689-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8688-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8693-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8698-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8700-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8710-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8726-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8728-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8736-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8746-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8751-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8757-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8756-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8759-265x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240516_201629_457-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/IMG_20240516_201733_084-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/05/084A8761-300x200.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar